Prezident shahvoniy shilqimlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonunni imzoladi. Jarimalar BHMning 10–15 baravarigacha, qamoq muddati esa 10 sutkagacha oshirildi.
Shahvoniy shilqimlik uchun jazoning og‘irlashtirilishi
O‘zbekiston prezidenti shahvoniy shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlikni kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonunni imzoladi. Shu munosabat bilan Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning (MJtK) 41-1-moddasiga tegishli o‘zgartishlar kiritildi.
Yangi tartibga ko‘ra, shaxsga nisbatan uning or-nomusi va qadr-qimmatini kamsitadigan, uning tashqi qiyofasi yoki qomatini tavsiflash, im-ishora qilish, ushlash kabi shahvoniy xarakterdagi harakatlarni sodir etganlik uchun quyidagi choralar belgilanadi:
-
Birinchi marta sodir etilganda: BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha jarima yoki 10 sutkagachama’muriy qamoq (ilgari — BHMning 2 baravaridan 5 baravarigacha jarima yoki 5 sutkagacha qamoq);
-
Bir yil davomida takroran sodir etilganda: jarima miqdori BHMning 15 baravaridan 20 baravarigachaoshiriladi (ilgari — 5 baravaridan 7 baravarigacha). Takroriy huquqbuzarlik uchun 15 sutkagacha bo‘lgan ma’muriy qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildi.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q