O‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyatAfg‘onistonda har ikki qizdan biri 18 yoshgacha turmushga uzatiladi — UNICEFDunyoKorniyadagi sud AQSh Davlat departamentiga Green Card lotereyasini tiklash majburiyatini yukladiJamiyatToshkentning uchta tumanida hokimlar lavozimidan ozod etildiJamiyatUzPost DAVA rahbarining bayonotiga qaramay Wildberries boshqaruviga berildiJamiyatQozog‘iston chet elliklar, jumladan O‘zbekiston fuqarolari uchun QazETA kirish ruxsatnomasini joriy etmoqdaDunyoRossiyalik repper Navai Qozog‘istonga kirishda giyohvand modda bilan ushlandiJamiyatQashqadaryoda tadbirkor do‘koni buzilgani uchun tuman hokimining boshiga bolta bilan urdiJamiyat

O‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladi

O‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladi

O‘zbekistonda 1–11-sinf o‘quvchilari o‘rtasida «Milliy kitobxonlik harakati» umummilliy tanlovi o‘tkazilmoqda. Umumiy mukofot jamg‘armasi 240 ming dollar bo‘lib, bosh sovrin — 50 ming dollar.

Tanlov shartlari va ishtirokchilar toifalari

Yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini rivojlantirish, mutolaa savodxonligini oshirish hamda bilim olishga bo‘lgan qiziqishni rag‘batlantirish maqsadida «Milliy kitobxonlik harakati» umummilliy tanlovi tashkil etilmoqda.

Tanlovda respublikaning 1–11-sinf o‘quvchilari ishtirok etishlari mumkin. Bellashuv uchta yosh toifasi bo‘yicha o‘tkaziladi:

  • 1–5-sinf o‘quvchilari;

  • 6–8-sinf o‘quvchilari;

  • 9–11-sinf o‘quvchilari.

Har bir toifa uchun o‘qilishi lozim bo‘lgan adabiyotlar ro‘yxati belgilangan. Ushbu kitoblarning barchasi Mutolaa mobil ilovasiga joylashtirilgan bo‘lib, tayyorgarlik jarayonida ulardan foydalanish mumkin.

Mukofot jamg‘armasi

Tanlovning umumiy mukofot jamg‘armasi 240 000 AQSH dollarini tashkil etadi. Ishtirokchilar orasida eng yuqori natija ko‘rsatgan g‘olib 50 000 AQSH dollari miqdoridagi bosh sovrinni qo‘lga kiritadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish

Email chop etilmaydi. Ism majburiy.