Qirg‘izistonda 2027-yilgi prezidentlik saylovi oldidan dastlabki ikki nomzod davlat tilidan imtihon topshirdi. Saylov sanasi 27-yanvarga belgilangan.
Nomzodlar uchun til imtihoni
Qirg‘izistonda bo‘lajak prezidentlik saylovida ishtirok etishni rejalashtirgan ikki nafar nomzod davlat tilini bilish darajasi bo‘yicha «Qirg‘iztest» davlat muassasasida sinov topshirdi. Amaldagi tartibga ko‘ra, Imtihondan o‘tgan shaxslarning ism-sharifi va natijalari hozircha oshkor etilmaydi. Nomzodlar uchun davlat tilini bilish darajasiga qo‘yiladigan talablar o‘zgarmagan holda saqlanib qolgan.
Mamlakatda navbatdagi prezidentlik saylovlari 2027-yil 27-yanvar kuniga belgilangan. Amaldagi davlat rahbari Sadir Japarov ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishini ma’lum qilgan. Shuningdek, sobiq ichki ishlar vaziri Omurbek Suvanaliyev hamda Finpolitsiyaning sobiq rahbari Siymik Japiyeyev ham saylovda qatnashish niyatida. Markaziy saylov komissiyasiga rasmiy arizalarni qabul qilish 13-noyabrga qadar davom etadi.
Tashviqotga oid cheklovlar
Sentabr oyida Sadir Japarov saylovga tayyorgarlik ko‘rish va uni o‘tkazishga doir maxsus farmonni imzolagan edi. Hujjatga ko‘ra, ta’lim va tibbiyot xodimlari, talabalar hamda davlat va munitsipal tashkilotlar vakillarini saylovoldi tashviqoti ishlariga jalb etish qat’iyan taqiqlanadi.
Vazirlar Mahkamasiga saylov jarayonlariga noqonuniy aralashgan yoki ma’muriy resursdan foydalangan mansabdor shaxslarni egallab turgan lavozimidan ozod etishgacha bo‘lgan choralar ko‘rish topshirilgan.




Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q