Toshkentda er-xotin yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlandiJamiyatO‘zbekistonda mahalliy maishiy texnika uchun 18 foizli imtiyozli kreditlar joriy etiladiJamiyatO‘zbekistonda ketma-ket uchta shaharda anomal issiq harorat rekordlari yangilandiJamiyatUzbekistan Airways Toshkent va Varshavani to‘g‘ridan-to‘g‘ri muntazam parvozlar bilan bog‘laydiJamiyatToshkentda 9-noyabrdan isitish mavsumi boshlanadiJamiyatKuala-Lumpur — Toshkent reysida mast holda janjal ko‘targan rossiyalik 7 sutkaga qamaldiJamiyat«Jamiyatdagi faol fuqaro» maqomini olganlarga avtokredit, kontrakt va davlat xizmatlari bo‘yicha imtiyozlar beriladiJamiyatO‘zbekistonda Market Yandex Go xizmati 10-noyabrdan o‘z faoliyatini to‘xtatadiJamiyatToshkent viloyatida erkak xotinini urib o‘ldirdi, 3 yoshli qizini xorlab, hayotidan zamin uzdiJamiyatBir davr nihoyasiga yetdi: Krishtianu Ronaldu terma jamoadagi faoliyatini yakunladi!Sport

Toshkentda er-xotin yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlandi

Toshkentda er-xotin yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan yirik miqdordagi giyohvand moddalar bilan ushlandi

Toshkent va Toshkent viloyatida IIV xodimlari 26,3 ming dozaga teng giyohvand moddalar muomalasiga chek qo‘ydi. Chilonzorda er-xotin hashish va mefedronni yumshoq o‘yinchoq ichida saqlagani aniqlandi.

IIV xodimlari Toshkent shahri va Toshkent viloyatida o‘tkazilgan tezkor tadbirlar davomida yirik miqdordagi giyohvandlik va psixotrop moddalarning tarqalishiga chek qo‘ydi. Huquq-tartibot organlari 26 300 marotabalik dozaga teng bo‘lgan taqiqlangan moddalarni musodara qildi.

Yumshoq o‘yinchoqdagi xotira va «zakladka»chilar

Sergeli tumanida giyohvand moddalarni «zakladka» usulida tarqatish bilan shug‘ullanib kelgan er-xotin va ularning sherigi ushlandi. Ularning yonidan 50 o‘ramdagi hashish moddasi topildi.

Guruhning Chilonzor tumanidagi ijaraga olingan xonadoni ko‘zdan kechirilganda quyidagilar aniqlandi:

  • Yumshoq ayiqcha ichiga berkitilgan 450 gramm hashish va 100 gramm mefedron;

  • 1 000 dona zip-paketlar, elektron tarozi va izolyatsion tasmasi.

Qibray va Mirzo Ulug‘bek tumanidagi reydlar

Tezkor tadbirlar poytaxt viloyati hamda boshqa tumanlarda davom ettirildi:

  • Qibray tumani: Muqaddam talonchilik va firibgarlik uchun sudlangan shaxs avtomobilida hashish olib yurgani aniqlandi.

  • Mirzo Ulug‘bek tumani: Xonadonda yashagan muqaddam sudlangan shaxslardan 2 kg opiy ekstrakti, 40 gramm hashish hamda qadoqlash uskunalari olindi.

Barcha holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 273-moddasi (Giyohvandlik vositalarini o‘tkazish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, saqlash va o‘tkazish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Izohlar

    Izoh qoldirish