O‘zbekistonda elektr energiyasi uzoq vaqt o‘chirilgani uchun kompensatsiya to‘lanishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda elektromobillarni tunda quvvatlash narxi keskin oshadiIqtisodiyotQozog‘istonda 14 harbiyning o‘limi bo‘yicha HDK yuqori qo‘mondonligi hibsga olindiDunyoMarko Rubio Samarqanddagi sammitda AQSh biznes-delegatsiyasiga boshchilik qiladiSiyosatO‘zbekistonda pensiyaga chiqishni kechiktirganlar uchun to‘lovlarni oshirish taklif etildiJamiyatNamangan viloyatida qariyb 3 milliard so‘mlik kontrabanda sigaretlari musodara qilindiJamiyatTaftish.uz xodimlari va DXX sobiq xodimlari 10 yarim yilgacha qamoq jazosiga hukm qilindiJamiyatOqqo‘rg‘on tumani prokurori yordamchisi 12 ming dollar poraning bir qismini olayotganida ushlandiJamiyatO‘zbekiston Prezidenti Kaspiydagi mashg‘ulotlarda 14 harbiy halok bo‘lgani munosabati bilan hamdardlik bildirdiJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda havo harorati 22 darajagacha pasayadiJamiyat

O‘zbekistonda palov tayyorlash narxi bir yilda 7–10 foizga qimmatlashdi

O‘zbekistonda palov tayyorlash narxi bir yilda 7–10 foizga qimmatlashdi

Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yil iyulidan 2026-yil iyuligacha O‘zbekistonda palov indeksi 7-10 foizga qimmatlashdi. Eng qimmat masalliqlar Xorazm va Andijon viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda bir yil ichida — 2025-yilning iyulidan 2026-yilning iyuliga qadar — osh tayyorlash uchun kerak bo‘ladigan masalliqlar narxi hududlarga qarab 7 foizdan 10 foizgacha qimmatlashdi. Mahsulotlar narxining eng yuqori o‘sishi Xorazm, Andijon va Buxoro viloyatlarida qayd etildi, deb xabar bermoqda Kun.uz.

Milliy statistika qo‘mitasining oylik ma’lumotlariga ko‘ra, Xorazmda bir yil avval 1 kg osh masallig‘i uchun 106 ming so‘m talab etilgan bo‘lsa, Hozirda bu ko‘rsatkich qariyb 118 ming so‘mga yetgan.

Iyul oyi yakunlariga ko‘ra 1 kg palov masallig‘ining o‘rtacha narxi:

  • Toshkent shahri — 128 730 so‘m (eng qimmat);

  • Farg‘ona viloyati — 125 283 so‘m;

  • Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 107 396 so‘m (eng arzon).

Hisob-kitoblarga 8 turdagi mahsulot kiritilgan: 0,7 kg mol go‘shti, 1 kg «Lazer» guruchi, 0,3 l kungaboqar yog‘i, 1 kg sabzi, 300 g piyoz, 100 g noxat, 10 g zira va 20 g tuz.

Xorazm va Andijonda palov indeksi 10 foizdan, Buxoro va Toshkentda 9 foizdan, Samarqand, Toshkent, Sirdaryo, Qashqadaryo hamda Jizzaxda esa 7 foizga oshgan. Taqqoslash uchun, Statistika agentligi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil iyulida mamlakatdagi yillik inflyatsiya ko‘rsatkichi 6,4 foizni tashkil etgan. Bu esa osh masalliqlarining qimmatlashishi rasmiy oziq-ovqat inflyatsiyasidan yuqori bo‘lganini ko‘rsatmoqda.