So‘nggi:
Samarqandda hamkasbining telefoniga jinsiy a’zosi rasmini yuborgan erkak qamaldiJamiyatO‘zbekistonda forel va osyotr baliqlari yetishtirish hajmi keskin oshiriladiIqtisodiyotQozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik ishlari ayol tergovchilarga topshiriladiDunyoO‘zbekiston terma jamoasining JCH-2026 uchun formasi eng yomonlar reytingiga kiritildiSportJizzaxda attraksion qulab tushishi oqibatida to‘rt kishi jarohatlandiJamiyatQashqadaryoda bog‘chaning beparvoligi sabab 3 yoshli bola mashina ichida dimqib vafot etdiJamiyatSadriddin Turdiyev Kadastr agentligi direktori vazifasini bajaruvchi etib tayinlandiSiyosatO‘zbekistonda yangi renovatsiya qonuni doirasida 17 mingta uy buzilishga tushishi mumkinJamiyatJCH-2026 taqvimi e’lon qilindi: barcha o‘yinlarning to‘liq jadvaliSportO‘zbekistonda 1-iyuldan boshlab kasallik varaqalari bo‘yicha haq to‘lash tizimi o‘zgaradiIqtisodiyot

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik ishlari ayol tergovchilarga topshiriladi

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik ishlari ayol tergovchilarga topshiriladi

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlarini ayol tergovchilar olib borishi rejalashtirilmoqda. Shuningdek, IIV majburiy nikoh bo‘yicha yangi qonun ustuvorligiga izoh berdi.

Qozog‘istonda jinsiy zo‘ravonlik bilan bog‘liq jinoyat ishlarini tergov qilish jarayoniga jiddiy o‘zgartirish kiritilmoqda. Mamlakat ichki ishlar vaziri o‘rinbosari Sanjar Adilovning ma’lum qilishicha, endilikda ushbu toifadagi jinoyat ishlari ayol tergovchilar томонидан кўриб чиқилади. Mazkur qaror jabrlanuvchi ayollarning tergov jarayonida qo‘shimcha ruhiy jarohat (rebound trauma) olishini kamaytirish hamda huquqni muhofaza qiluvchi organlarga bo‘lgan ishonchini oshirish maqsadida qabul qilingan.

Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi o‘tgan yilning sentyabr oyida Jinoyat kodeksiga kiritilgan “majburiy nikohga undash” moddasining amaliyotda qo‘лланилиши бўйича ҳам tushuntirish berdi. Vazir o‘rinbosarining ta’kidlashicha, qonun bo‘yicha bunday jinoyatlarda ham ayol, ham erkak kishi jabrlanuvchi bo‘lishi mumkin. Bunda shunchaki oila qurishni talab qilish jinoiy javobgarlikka sabab bo‘lmaydi. Jinoyat ishi ochilishi uchun talab jarayonida munosabatlarni qonuniylashtirishni istayotgan shaxs yoki uning yaqinlari tomonidan doʻq-pʻoʻsa, ruhiy bosim yoki jismoniy zo‘ravonlik holatlari sodir etilgan bo‘lishi shart.

Vazirlik ma’lumotlariga ko‘ra, hozircha mamlakatda majburiy nikohga undash moddasi bo‘yicha ayollar gumonlanuvchi sifatida jalb qilingan holatlar qayd etilmagan. Ma’lumot uchun, Qozog‘istonda 2025-yil sentyabridan buyon majburiy nikohga undash bilan bir qatorda, ta’qib qilish (stalking) harakatlari uchun ham jinoiy javobgarlik joriy etilgan bo‘lib, joriy yilning o‘tgan davrida stalking bo‘yicha 83 ta jinoyat ishi ko‘rib chiqish uchun sudga yuborilgan.