O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Yirik taftish natijasida O‘zbekistonda xavfsizlik talablariga javob bermagan 464 ta zapravka yopildi

Yirik taftish natijasida O‘zbekistonda xavfsizlik talablariga javob bermagan 464 ta zapravka yopildi

O‘zbekistondagi yoqilg‘i va gaz quyish shoxobchalarida 46 mingdan ortiq qonunbuzarlik aniqlanib, 464 ta zapravka yopildi. Sentyabrdan cheklovlar kuchayadi.

Vazirlar Mahkamasi qaroriga muvofiq, neft mahsulotlari hamda siqilgan va suyultirilgan gaz sotuvchi jami 6 196 ta ob’yekt tekshiruvdan o‘tkazildi. Taftishlar davomida infratuzilmada jami 46 737 ta jiddiy kamchilik va qonunbuzarlik holatlari fosh bo‘ldi.

Tekshiruv davomida 7 mingdan ortiq muammo joyida hal etilgan bo‘lsa-da, qolgan stansiyalarga nisbatan keskin choralar ko‘rildi. Texnik va yong‘in xavfsizligiga mutlaqo amal qilmagan jami 464 ta avtozapravka (AZS va AGNKSH) faoliyati kamchiliklar butunlay bartaraf etilgunga qadar vaqtincha to‘to’xtatib qo‘yildi.

Shuningdek, hukumat sohani tartibga solish bo‘yicha yangi muddatlarni belgiladi:

  • 2026-yil 1-sentyabrdan boshlab muddati o‘tgan yoki ishlab chiqarilgan sanasini aniqlash imkoni bo‘lmagan yuqori bosimli uskunalar bilan ishlash taqiqlanadi.

  • 2026-yil sentyabrgacha fuqarolar hayotiga xavf tug‘diruvchi zapravkalarning maxsus reyestri shakllantirilib, ular bosqichma-bosqich xavfsiz hududlarga ko‘chiriladi.