So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Xitoyga KDRdan minglab tonna uran yashirincha yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldi

Xitoyga KDRdan minglab tonna uran yashirincha yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldi

Prinston va Viskonsin universitetlari olimlari yashirin uran eksportini aniqladi. Kongo DRdan Xitoyga kobalt ruudasi bilan birga 5 000 tonnagacha deklaratsiya qilinmagan uran yuborilgan.

2000-yildan 2024-yilgacha bo‘lgan davrda Kongo Demokratik Respublikasidan (KDR) Xitoyga rasman deklaratsiya qilinmagan va MAGATE nazoratidan yashirilgan yirik miqdorda yashirin uran eksport qilingani aniqlandi. Bu haqda AQSHning Viskonsin-Medison hamda Prinston universitetlari olimlari o‘tkazgan tadqiqotga tayanib Interesting Engineering nashri xabar bermoqda.

Tadqiqotchilarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 24 yil ichida KDR hududidan 2 000 tonnadan 5 000 tonnagacha uran olib chiqib ketilgan. Ma’lumki, KDR dunyoda toza energiya va elektromobillar akkumulyatorlari uchun eng zarur element hisoblangan kobalt xomashyosining asosiy yetkazib beruvchisi hisoblanadi. Mamlakatdagi Mis mintaqasida kobalt konlari tabiatda bevosita uran konlari bilan yonma-yon va birga uchraydi. Oqibatda, xorijiy kompaniyalar kobalt rudasini qazib olayotganda unga «yopishgan» holda ko‘p miqdordagi uranni ham birga ajratib olgan.

Olimlarning ta’kidlashicha, dunyodagi kobaltni qayta ishlovchi korxonalarning qariyb 95 foizi Xitoyda joylashgani sababli, ushbu deklaratsiya qilinmagan uranning asosiy qismi aynan Xitoyga jo‘natilgan.

Muammoning xavflilik darajasi:

  • Yadroviy tahdid: Olib chiqib ketilgan 2 000–5 000 tonna uran zaxirasi 600 tadan 1 500 tagacha yadroviy jangovar kallak (bomba) ishlab chiqarish uchun yetarli hisoblanadi. Tinchlik maqsadlarida ishlatilsa, bu miqdor bitta reaktorni 25 yil davomida yoqilg‘i bilan ta’minlay oladi.

  • Xalqaro nazoratning yo‘qligi: Uran rasman ro‘yxatga olinmagani va MAGATEga hisobot berilmagani sababli, uning yakuniy qayerda va qanday maqsadda ishlatilishini nazorat qilishning imkoni yo‘q.

  • Ekologik va tibbiy xavf: Mutaxassislarning qo‘shimcha qilishicha, yana 1 000 tonnadan 4 000 tonnagacha bo‘lgan uran kon chiqindilariga aralashib ketgan. Bu esa mahalliy konchilar hamda yaqin atrofda yashovchi aholi salomatligi va saraton xavfi uchun jiddiy tahdid tug‘diradi.