Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkin

O‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkin

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi bog‘cha pedagoglari va tarbiyachi yordamchilari uchun dual ta’lim tizimini joriy etishni taklif qildi. Talabalar haftasiga 5 kun ishlaydi va 1 kun OTMda tahsil oladi.

Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi oliy ta’lim muassasalarida maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bo‘yicha o‘rta maxsus ma’lumotli kadrlar uchun o‘quv jarayonini dual ta’lim shaklida tashkil etish tartibini tasdiqlashni taklif qiluvchi qonun loyihasini e’lon qildi.

Tizim maktabgacha ta’lim tashkilotlarida faoliyat yuritayotgan o‘rta maxsus ma’lumotli pedagoglar, jumladan, tarbiyachi yordamchilari uchun mo‘ljallangan bo‘lib, uni 2026–2027-o‘quv yilidan boshlab pedagogika OTMlarida joriy etish rejalashtirilmoqda. Dual ta’limda o‘qish muddati 4 yil etib belgilanadi.

Nizomga ko‘ra, o‘quv jarayoni quyidagicha tashkil etiladi:

  • Ish va amaliyot: Talabalar dushanbadan jumagacha o‘zlari ishlayotgan bog‘chada amaliy faoliyat bilan shug‘ullanadi hamda LMS platformasi orqali mustaqil ta’lim oladi;

  • Nazariy mashg‘ulotlar: Shanba kuni OTMda professor-o‘qituvchilar ishtirokidagi auditoriya darslarida qatnashib, nazariy bilimlarini mustahkamlaydi;

  • Uch tomonlama shartnoma: OTM, bog‘cha va talaba o‘rtasida mehnat intizomi, xavfsizlik va monitoring mexanizmlari belgilangan shartnoma tuziladi.

Talabalarga bog‘cha direktori o‘rinbosari mentor sifatida, OTM esa har 30 nafar talabaga bittadan amaliyot rahbarini biriktiradi. Mehnat shartnomasi bekor qilinganda, talabaga 60 kun ichida boshqa bog‘chaga ishga joylashib, o‘qishini davom ettirish imkoniyati beriladi.

Bundan tashqari, talabalar har semestrda 7 kalendar kunlik hamda yakuniy attestatsiya va diplom himoyasi uchun 14 kalendar kungacha o‘rtacha ish haqi saqlangan holda qo‘shimcha ta’tilga chiqishi ko‘zda tutilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish