So‘nggi:
O‘zbekistonda hayvonlarga shafqatsiz munosabatda bo‘lganlik uchun cezolar kuchaytirildiJamiyatXitoyga KDRdan minglab tonna uran yashirincha yetkazib berilgani ma’lum bo‘ldiDunyoUzAuto Motors Captiva, Cobalt va Damas modellariga 45 mln so‘mgacha chegirmalar e’lon qildiJamiyatToshkentda IT-mutaxassis o‘zi ishlaydigan firmadan 1 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlab ketdiJamiyatFarg‘onada «Inson» markazi xodimi o‘t o‘radigan moslama tig‘i tegib halok bo‘ldiJamiyatO‘zbekistonda hayvonlarni majburiy identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladiJamiyatMarkaziy Osiyoda yagona sayyohlik vizasini joriy etish taklif qilindiSiyosatO‘zbekistonda bog‘chalarda ishlayotgan pedagoglar uchun dual ta’lim tartibi joriy etilishi mumkinJamiyatO‘zbekistonda 2026-yil 1-avgustdan nimalar o‘zgaradiJamiyatToshkentda 2,8 magnitudali zilzila sodir bo‘ldiJamiyat

Toshkentda IT-mutaxassis o‘zi ishlaydigan firmadan 1 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlab ketdi

Toshkentda IT-mutaxassis o‘zi ishlaydigan firmadan 1 mlrd so‘mdan ortiq pulni o‘g‘irlab ketdi

Mirobod tumanida IT-mutaxassis o‘zi faoliyat yuritgan kompaniya hisobidan 1 mlrd 43 mln so‘mni o‘zlashtirib oldi. U aybiga iqror bo‘lib, pullarni qaytarishga va’da bermoqda.

Toshkent shahrining Mirobod tumani IIO FMBga hududdagi xususiy firmalardan birining vakillari murojaat qildi. Arizada kompaniyaning bank hisob raqamidan juda yirik miqdordagi pul mablag‘lari noma’lum tarzda g‘oyib bo‘lgani va o‘g‘irlangani ma’lum qilingan.

Huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan o‘tkazilgan tezkor-qidiruv tadbirlari natijasida ushbu jinoyatni sodir etgan gumondor shaxs tezda aniqlanib, qo‘lga olindi. Uning shaxsiga aniqlik kiritilganda, u aynan shu firmada IT-mutaxassislavozimida ishlab kelgan yosh yigit ekani ma’lum bo‘ldi.

U o‘zining texnik bilimlari hamda ichki ruxsatnomalaridan foydalanib, pul mablag‘larini yashirincha boshqa hisobga o‘tkazib yuborgan. Olingan so‘roq jarayonida ushlangan yigit o‘z qilmishidan afsusda ekanini bildirib, shunday ko‘rsatma berdi:

«Barcha pullarni o‘zim oldindan tayyorlab qo‘yilgan maxsus hisob raqamiga o‘tkazgan edim. Qilgan ishimdan chin dildan afsusdaman va aybimga to‘liq iqror man. Meni kechirishingizni so‘rayman, bunday xatoni boshqa hech qachon takrorlamayman. Hozirda bu pullar boshqa hisobda xavfsiz turibdi, yaqin orada ularning har bir tiyinini firmaga qaytarib berishga va’da beraman».

Tergov harakatlari davomida yosh IT-mutaxassis turli firibgarlik hamda axborot texnologiyalari sxemalarini qo‘llagan holda korxona hisobidan jami 1 milliard 43 million 108 ming so‘m pulni noqonuniy ravishda yechib olgani to‘liq o‘z tasdig‘ini topdi.

Hozirda ushbu holat yuzasidan Toshkent shahar Mirobod tumani IIO FMB tomonidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 168-moddasi (Firibgarlik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan bo‘lib, tergov harakatlari davom ettirilmoqda.