Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonda hayvonlarni majburiy identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi

O‘zbekistonda hayvonlarni majburiy identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish tartibi joriy etiladi

O‘zbekistonda hayvonlarni identifikatsiya qilish va ro‘yxatdan o‘tkazish to‘g‘risidagi qonun kuchga kiradi. Barcha ma’lumotlar, jumladan, mushuk va itlar haqidagi ma’lumotlar yagona elektron bazaga kiritiladi.

O‘zbekistonda hayvonlar, jumladan, uy hayvonlari (mushuk va itlar)ni majburiy identifikatsiya qilish, ro‘yxatdan o‘tkazish va kuzatish tartibi joriy etilmoqda. Prezident tomonidan imzolangan tegishli qonun rasmiy e’lon qilinganidan bir yil o‘tib — 2026-yilning 7-avgustidan kuchga kiradi.

Yangi tartibga ko‘ra, hayvonlar vizual birkalar, mikrochiplar va aralash belgilar orqali identifikatsiya qilinadi. Barcha ma’lumotlar Vetmeditsina va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasi huzuridagi maxsus Markaz tomonidan yagona elektron bazaga kiritiladi.

Bazada hayvonning yoshi, jinsi, zoti va rangi ko‘rsatilgan noyob kod, shuningdek, egasining shaxsiy ma’lumotlari (JSHSHIR/STIR, manzili va telefoni) va tibbiy muolajalar tarixi aks etadi.

Hayvonlarni ro‘yxatga olish muddatlari quyidagicha belgilandi:

  • Yirik va mayda shoxli mol, tuyalar: Tug‘ilgandan 14 kun o‘tgach (1 oy ichida);

  • It va mushuklar: 3 oylik bo‘lgach;

  • Otlar: 4 oylik bo‘lgach;

  • Chet eldan keltirilgan hayvonlar: Kirib kelganidan so‘ng 21 kun ichida.

Qonunga ko‘ra, ro‘yxatdan o‘tkazilmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadi. Hayvon soyilganda, nobud bo‘lganda yoki mamlakatdan olib chiqib ketilganda 7 kun ichida hisobdan chiqarilishi shart. Tegishli jarayonlar egasining mablag‘lari, grantlar yoki davlat byudjeti hisobidan amalga oshiriladi.

Qonunning asosiy qismi 2026-yil avgustdan kuchga kirsa-da, hayvon egalariga qo‘yiladigan ayrim majburiyatlar hamda javobgarlik normalari 2028-yil 1-yanvardan e’tiboran to‘liq amalda qo‘llanila boshlaydi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish