Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Farg‘onada «Inson» markazi xodimi o‘t o‘radigan moslama tig‘i tegib halok bo‘ldi

Farg‘onada «Inson» markazi xodimi o‘t o‘radigan moslama tig‘i tegib halok bo‘ldi

Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida obodonlashtirish ishlariga jalb qilingan «Inson» markazining 34 yoshli xodimi o‘t o‘radigan moslama tig‘i sanchilishi oqibatida vafot etdi.

Farg‘ona viloyatining Uchko‘prik tumanida «Inson» ijtimoiy xizmatlar markazining 34 yoshli xodimi Tohirjon Jo‘rayev tuman hududini obodonlashtirish va tozalash ishlariga jalb qilingan vaqtida fojiali tarzda halok bo‘ldi.

Manbalarga ko‘ra, ko‘ngilsiz hodisa 29-iyul kuni tumanining Qo‘qonboy hududida sodir bo‘lgan. Markaz xodimlari hududni tozalash va ko‘kalamzorlashtirish ishlariga chiqarilgan bo‘lgan.

Maysalar o‘rilayotgan vaqtida o‘t o‘radigan burchakkesar (trimmer) uskunalarining o‘tkir tig‘li moslamasi uzilib ketgan va atrofdagi 34 yoshli xodimning yurak qismiga borib sanchilgan. Olingan og‘ir tan jarohati oqibatida Tohirjon Jo‘rayev voqea joyida vafot etgan.

Hodisa joyiga Ijtimoiy himoya milliy agentligi direktori Mansur Olloyorov yetib borgani hamda marhumning oila a’zolari va yaqinlari bilan uchrashgani aytilmoqda.

Marhumning hamkasblari va jamoatchilik vakillari byudjet tashkilotlari xodimlarini majburiy mehnat hamda obodonlashtirish ishlariga noqonuniy jalb etish amaliyotini keskin qoralab, ushbu holat bo‘yicha mas’ullarga nisbatan huquqiy chora ko‘rilishini talab qilmoqda.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish