O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkentda Monza haydovchisini haqoratlab, drift uyushtirgan BMW egasi 3 sutkaga qamaldi

Toshkentda Monza haydovchisini haqoratlab, drift uyushtirgan BMW egasi 3 sutkaga qamaldi

Toshkentning Nukus ko‘chasida xavfli manyovrlar qilgan va boshqa haydovchini haqorat qilgan BMW egasiga sud tomonidan 3 sutkalik ma’muriy qamoq jazosi tayinlandi.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Mirobod tumani sudi qonunbuzarni aybdor deb topdi va unga nisbatan 3 sutka muddatga ma’muriy qamoq jazosini tayinladi. Voqea joriy yilning 2-iyul kuni poytaxtning Nukus ko‘chasida sodir bo‘lgan bo‘lib, haydovchi o‘z hayoti va atrofdagilar xavfsizligini tahdidga qo‘ygan holda namoyishkorona drift uyushtirgan.

Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati (YHXX) bergan ma’lumotlarga ko‘ra, BMW rusumli avtomobil egasining bu harakatlari yo‘lda favqulodda holatni keltirib chiqargan va shu yo‘nalishda kelayotgan Chevrolet Monza avtomashinasi haydovchisini majburiy to‘xtashga majbur qilgan. Shundan so‘ng, qoidabuzar o‘z aybini tan olish o‘rniga, harakatlanishga halal bergan Monza haydovchisini haqorat qilgan. Holat yuzasidan YHXX xodimlari tomonidan ma’muriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, ko‘rib chiqish uchun sudga yuborildi va yakunda lixach qamoqqa olindi.