Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov «Butterfly team» tomonidan 27 mln o‘zbekistonlikning ma’lumotlari sizishi haqida tarqalgan xabarlar yuzasidan ogohlantirish bilan chiqdi va kiberxavfsizlikni kuchaytirishga chaqirdi.
«Butterfly team» shov-shuvlari va sun’iy intellekt xavfi
Raqamli texnologiyalar vaziri Sherzod Shermatov 27 milliondan ortiq o‘zbekistonlikning shaxsiy ma’lumotlari hakerlar guruhi tomonidan qo‘lga kiritilgani haqida tarqalgan shov-shuvlarga munosabat bildirdi. Vazirning ta’kidlashicha, ushbu ma’lumotlarni e’lon qilgan «Butterfly team» guruhining asli maqsadi tizimlardagi xavfsizlik muammolariga e’tibor qaratish bo‘lganini hakerlarning o‘zi ham yozib chiqqan.
«Lekin hozir tarqalmadi degani, zudlik bilan choralar ko‘rilmasa, ertaga bunday holat bo‘lmasligiga kafolat degani emas!Sun’iy intellekt eski ishlatilayotgan tizimlarda zaifliklarni aniqlash bo‘yicha juda katta revolyutsiyani boshlab berdi», — deya ta’kidladi Sherzod Shermatov.
Vazir dunyo bo‘ylab kiberatakalar keskin ko‘payganini va Binance birjasidan 6 milliard dollardan ortiq mablag‘ o me’yoridan ortiq o‘g‘irlangani kabi yirik hodisalar sodir bo‘layotganini eslatib o‘tdi. SI rivojlanishi bilan tizimlarda aniqlanayotgan zaifliklar soni bir necha baravarga ortib bormoqda.
Tashkilotlarga talablar va Kiberuniversitetda ta’lim olish tavsiyasi
Sherzod Shermatov barcha davlat, nodavlat va tijorat tashkilotlarini o‘z tizimlaridagi zaifliklarni doimiy ravishda vaqtida tuzatib borishga chaqirdi. Sun’iy intellektni rivojlantirishga sarmoya kiritilganda, undan himoyalanishga ham mos ravishda qo‘shimcha moliyalashtirish ajratilishi zarurligi qayd etildi.
Vazir tomonidan tashkilotlar va mutaxassislarga quyidagi ustuvor vazifalar ko‘rsatib o‘tildi:
-
Tizimlarni yaratish va yuritishga mas’ul idoralar kiberxavfsizlik uchun qo‘shimcha moliyalashtirish ko‘zda tutishi shart;
-
AT-mutaxassislar DXX Kiberxavfsizlik markazi (csec.uz) va UzCERT xizmati xabarlarini doimiy kuzatib,aniqlangan yangi zaifliklarni zudlik bilan tuzatishlari zarur;
-
Yoshlarga kiberxavfsizlik sohasini tanlash va bu yo‘nalishda yuqori daromadli mutaxassis bo‘lish tavsiya etildi.
Shuningdek, vazir soha bo‘yicha malakali kadrlar tayyorlashda Cyber University (Davlat kiberuniversiteti)ga o‘qishga kirishni, shu bilan birga TATU, INHA, Amity va Acharya universitetlarida ham kiberxavfsizlik yo‘nalishlari kuchaytirilishini ma’lum qildi.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q