Shavkat Mirziyoyev uchuvchisiz aviatsiya tizimlarini rivojlantirish bo‘yicha taqdimot bilan tanishdi. Mahalliy dronlar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish bo‘yicha topshiriqlar berildi.
Mahalliy ishlab chiqarish va yangi tartib-qoidalar
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev iqtisodiyot tarmoqlarida uchuvchisiz aviatsiya tizimlaridan foydalanish ko‘lamini kengaytirish hamda ushbu соҳани tartibga solishga bag‘ishlangan taqdimot bilan tanishdi.
Taqdimot yakunlari bo‘yicha mas’ullarga ilg‘or xorijiy tajriba asosida qonunchilikni takomillashtirish, eng muhimi — mamlakatimizda mahalliy dronlar ishlab chiqarishni rivojlantirish hamda ushbu sohada tadbirkorlar uchun qulay sharoitlar yaratish bo‘yicha takliflar tayyorlash topshirildi.
Takliflar qatorida uchuvchisiz uchish apparatlari haqidagi ma’lumotlarni o‘z ichiga olgan yagona raqamli axborot tizimini yaratish, parvoz zonalarini va dronlardan foydalanish tartibini aniq belgilash ko‘zda tutilgan.
Kadrlar tayyorlash
Uchuvchisiz aviatsiya tizimlari sohasida malakali kadrlar yetishtirish maqsadida yangi o‘quv yilidan boshlab Toshkent davlat transport universitetida tegishli mutaxassislarni tayyorlash yo‘lga qo‘yilishi rejalashtirilmoqda.






Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q