O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Toshkent xalqaro aeroportida AiRO bojxonachi roboti ishga tushirildi

Toshkent xalqaro aeroportida AiRO bojxonachi roboti ishga tushirildi

Toshkent aeroportida yo‘lovchilarga bojxona qoidalarini 10 ta tilda tushuntirib beruvchi sun’iy intellekt asosidagi AiRO interaktiv roboti xizmat ko‘rsatishni boshladi.

Toshkent xalqaro aeroportida sunʼiy intellekt texnologiyalari asosida ishlaydigan yangi interaktiv robot yoʻlovchilarga xizmat koʻrsatishni boshladi. Bojxona qoʻmitasi tomonidan aeroportda tashkil etilgan press-turda ma’lum qilinishicha, ushbu qurilma yo‘lovchilarning bojxona qonun-qoidalari va talablariga oid barcha savollariga real vaqt rejimida javob qaytaradi.

Bojxona qoʻmitasi katta inspektori Bobur Toʻxtamurodovning soʻzlariga koʻra, “AiRO” deb nomlangan ushbu interaktiv qurilma sinov bosqichlaridan muvaffaqiyatli oʻtgan. Robot Bojxona qoʻmitasining yagona maʼlumotlar bazasi hamda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalining (YIDXPU) qonunchilik platformasi bilan toʻliq dasturlashtirilgan boʻlib, xorijiy va mahalliy yoʻlovchilarga bojxonaga oid har qanday masala yuzasidan 10 ta tilda erkin javob bera oladi. Qurilmaning texnik qismi Xitoyda ishlab chiqarilgan, biroq uning murakkab dasturiy taʼminoti va sun’iy intellekt tizimi bevosita qoʻmita xodimlari tomonidan yaratilgan. Ushbu robot hozirda butun Markaziy Osiyo aeroportlari ichida yagona hisoblanadi.

Qo‘mita matbuot xizmatining tushuntirishicha, aeroportlarda aniqlanayotgan aksariyat qoidabuzarliklar fuqarolarning bojxona me’yorlarini yetarlicha bilmasligi oqibatida kelib chiqmoqda. Ayrim hollarda yoʻlovchilar oʻzlari bilan olib oʻtayotgan xorijiy valyuta, tilla va zargarlik buyumlari, dori-darmonlar yoki shaxsiy mobil qurilmalar haqida bojxona xodimlaridan maslahat soʻrashga istihola qilishadi yoki “soʻrasam, tovarimni olib qoʻyishadi” degan notoʻgʻri xayolga borishadi. AiRO roboti aynan mana shu muammoga yechim bo‘lib, yo‘lovchilarga taqiqlangan tovarlar, deklaratsiya toʻldirish tartibi hamda “yashil” va “qizil” yoʻlaklardan foydalanish qoidalarini oson tushuntiradi. Robotning asosiy vazifasi inson oʻrnini bosish emas, balki xodimlarga ko‘maklashish va qonunbuzarliklarning oldini olishdir.