O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Toshkent ko‘chalarida piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi AQSHning texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkent ko‘chalarida piyodalar xavfsizligini ta’minlovchi AQSHning texnologiyasi sinovdan o‘tkazilmoqda

Toshkentning Osiyo ko‘chasida yuqori intensivlikdagi RRFB mayoqchalari o‘rnatildi. Ushbu tizim haydovchilarning piyodalarga yo‘l berish ko‘rsatkichini 98 foizga oshiradi.

Toshkent shahrining Mirzo Ulug‘bek tumani Osiyo ko‘chasida sinov tariqasida yangi turdagi faol belgilar bilan jihozlangan RRFB (yuqori intensivlikdagi ogohlantiruvchi mayoqchalar) texnologiyasi ishga tushirildi. Yo‘l harakatini tashkil etish markazi (YHTM) matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mazkur tizim haydovchi qaysi bo‘lakda va qaysi yo‘nalishda harakatlanayotganidan qat’i nazar, piyodalar o‘tish joyini uzoqdan yaqqol ko‘ra olishi uchun loyihalashtirilgan. Ushbu majmua asosan transport harakati kam va o‘rtacha bo‘lgan ko‘chalar uchun mo‘ljallangan.

Yangi tizimning ishlash tuzilishi magistral svetoforlarni o‘rnatish tamoyiliga tayanadi. Unga ko‘ra, maxsus signal mayoqchalari yo‘l chetlariga, ko‘chaning o‘rtasiga va qatnov qismi tepasidagi yuqori ko‘ndalang to‘singa joylashtirilgan. Yo‘lning har ikki tomonida esa tugmali tayanch ustunlari o‘rnatilgan bo‘lib, piyoda tugmani bosishi bilan ustunlarning yuqori qismidagi yorqin sariq rangli strobe chiroqlari lahzalarda miltillab yona boshlaydi. “Piyodalar o‘tish joyi” belgisining o‘zi esa ichidan yoritiladigan maxsus quti ko‘rinishida ishlangan, bu esa tunda yoki noqulay ob-havoda o‘tish joyini uzoq masofadan ko‘rish imkonini beradi.

AQSH Federal magistral yo‘llar boshqarmasi (FHWA) tomonidan o‘tkazilgan keng ko‘lamli tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, RRFB texnologiyasi haydovchilarning harakatlanish madaniyatini butunlay o‘zgartiradi. Oddiy “zebra” yo‘lakchalarida haydovchilar piyodalarga faqatgina 18–30 foiz holatlarda yo‘l bergan bo‘lsa, RRFB mayoqchalari o‘rnatilgach, bu ko‘rsatkich 98 foizga yetadi, ya’ni haydovchilar deyarli 100 foiz holatda tezlikni kamaytirib, to‘xtaydi. Bundan tashqari, tizim haydovchining xavfga nisbatan munosabat bildirish tezligini 4 barobarga oshiradi: haydovchi chiroq miltillashini uzoqdan ko‘rib, yo‘lakka yetmasdanoq tezlikni silliq pasaytira boshlaydi. YHTM mutasaddilarining qayd etishicha, bu O‘zbekiston yo‘l infratuzilmasidagi ilk tajribaviy loyihalardan biri bo‘lib, sinov natijalariga qarab texnologiyaning samaradorligi baholanadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish