Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladiJamiyatToshkentda ichimlik suvi rejalashtirilgan tarzda o‘chiriladiJamiyatВ Юнусабадском районе Ташкента произошел конфликт между школьникамиJamiyatXorijdan qaytgan O‘zbekiston fuqarolariga biznes uchun 60 mln so‘mgacha grant beriladiJamiyatO‘zbekistonda «Avtomobilsiz kun» aksiyasi o‘tkaziladiJamiyatTinchliksevar Kongo Demokratik Respublikasida Ebolaga qarshi kurashish uchun 5 ming nafar tibbiyot xodimi yetishmayaptiDunyo«Bunyodkor» stadioni elektr energiyasidan salkam 2 mlrd so‘m qarzdor bo‘lib qoldiSportToshkent va Mavrikiy o‘rtasida to‘g‘ridan-to‘g me’yoriy va charter parvozlar yo‘lga qo‘yiladiJamiyatQo‘shtepa tumanida ayol shifoxona hamshiralariga pichoq bilan hujum qildiJamiyatToshkent va Andijon o‘rtasida yangi CRRC-Daliyan tezyurar poyezdi qatnovi yo‘lga qo‘yiladiJamiyat

Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladi

Senat o‘zbek alifbosini o‘zgartirish haqidagi qonunni ma’qulladi

Oliy Majlis Senati o‘zbek alifbosini 28 ta harf va bitta tutuq belgisiga o‘tkazish, Sh, Ch, O‘ va G‘ birikmalarini Ş, Ç, Ö hamda Ğ belgilariga almashtirish haqidagi qonunni ma’qulladi.

Oliy Majlis Senati 19-yalpi majlisida lotin grafikasi asosidagi o‘zbek alifbosini o‘zgartirish to‘g‘risidagi qonunni ma’qullab, ko‘rib chiqish uchun prezidentga yubordi. Hujjat amaldagi 26 ta harf va 3 ta harflar birikmasi o‘rniga 28 ta harf hamda 1 ta tutuq belgisidan iborat alifboga o‘tishni nazarda tutadi.

Zakon loyihasi bo‘yicha senator Odiljon Mamatkarimov ma’ruza qildi. Uning ta’kidlashicha, alifboni qayta ko‘rib chiqish zarurati nafaqat imlo masalalari, balki o‘zbek tilining raqamli muhitda qo‘llanishidagi muammolar bilan ham bog‘liq. Lotin alifbosini takomillashtirish masalasi 30 yildan beri hal etilmasdan kelayotgan edi. 2023-yil iyul oyida prezident Shavkat Mirziyoyev alifboni qayta ko‘rib chiqish tashabbusi bilan chiqqan va mutaxassislar ishtirokida tegishli qonun loyihasini tayyorlash bo‘yicha topshiriq bergan edi.

Taklif etilayotgan islohot yozuvni «bir tovush — bir harf» tamoyiliga yaqinlashtiradi va 1995-yilda qabul qilingan amaldagi alifbodan keyin yuzaga kelgan qator qiyinchiliklarni bartaraf etadi.

Harflardagi asosiy o‘zgarishlar:

  • «Sh» harflar birikmasi «Ş» harfiga almashtiriladi.

  • «Ch» harflar birikmasi «Ç» harfiga almashtiriladi.

  • «Oʻ» harfi «Ö» harfiga almashtiriladi.

  • «Gʻ» harfi «Ğ» harfiga almashtiriladi.

  • «Ng» alifbo tarkibidan alohida birlik sifatida chiqariladi, chunki u ikki harf birikmasidan iborat va o‘zbekcha so‘zlar boshida kelmaydi (bunda harflar birikmasining o‘zi va imlo qoidalari saqlab qolinadi).

O‘zgartirish sabablari va raqamlashtirish:

  • O‘ va G‘ muammosi: Kopyuterda ushbu harflarni kiritish uchun ba’zan 6 tagacha harakat talab etiladi, amaliyotda esa har xil apostroflar sababli 10 dan ortiq yozuv varianti qo‘llaniladi. Shu sababli kompyuter dasturlari va qidiruv tizimlari bir xil so‘zlarni har xil deb qabul qiladi, bu esa indeksatsiyalash hamda elektron lug‘atlar yaratishni qiyinlashtiradi.

  • Ch va Sh qo‘llanish chastotasi: Bu tovushlar o‘zbek tilida ingliz tilidagiga qaraganda 3–5 baravar ko‘p qo‘llaniladi. Ularning ketma-ket ikki harf bilan yozilishi o‘qish va yozishni qiyinlashtirib, imlo chalkashliklariga olib kelayotgan edi.

  • Xalqaro tajriba: O‘xshash belgilar (Ş, Ç, Ö, Ğ) dunyoda 300 millionga yaqin aholi foydalanadigan tillarda qo‘llaniladi.

  • Texnologik effekt: Yaxlit belgilarga o‘tish milliy klaviaturalar, sun’iy intellekt modellari va matnni ovozga aylantirish tizimlarini ishlab chiqishni 3 baravarga tezlashtiradi. Alifbo ISO xalqaro standartlariga mos keladi hamda turkiy tillar bilan kitob almashinuvi va tarjimani yengillashtiradi.

O‘tish davri:

Qonunda moslashuv davri nazarda tutilgan. Yangi meyorlar kuchga kirguniga qadar amaldagi alifboda rasmiylashtirilgan hujjatlar, milliy valyuta va qimmatli qog‘ozlar muomalada bo‘lishi mumkin.

Davlat organlari va tashkilotlar belgi hamda atributlarni darhol almashtirishi shart emas. Peshlavhalar, geografik ko‘rsatkichlar va binolar bezaklari ularning jismoniy eskirishigacha yoki qonunni amalga oshirish dasturi bilan belgilanadigan muddatlargacha ishlatilishi mumkin.