O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Rossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydi

Rossiyada migrantlar ishlamaydigan oila a’zolari uchun soliq to‘laydi

2027-yil 1-yanvardan Rossiyada ishlayotgan chet elliklar mamlakatda bo‘lib turgan har bir ishlamaydigan oila a’zosi uchun soliq to‘laydi.

2027-yil 1-yanvardan boshlab Rossiyada ishlayotgan chet el fuqarolari mamlakat hududida bo‘lib turgan har bir ishlamaydigan oila a’zosi uchun soliq to‘laydi. Bu haqda Rossiya IIV rahbari o‘rinbosari, Fuqarolik va chet el fuqarolarini ro‘yxatga olish xizmati boshlig‘i Andrey Kikot ma’lum qildi.

Kikotning ta’kidlashicha, ushbu chora davlat migratsiya siyosati konsepsiyasi doirasida belgilangan vazifalarning bir qismidir. Hukumat tomonidan migrantlarning farandlarini maktablarga qabul qilish bo‘yicha joriy etilgan mezonlar tufayli bunday ishlamaydigan oila a’zolari soni 1,7 million kishidan 20 foizga kamaydi.

Shuningdek, IIV vakili xorijiy ishchilarni maqsadli tashkillashtirilgan holda ishga joylashtirish tizimini joriy etish rejalari haqida gapirdi. Tegishli qonun loyihasi hozirda hukumatda kelishilmoqda. Unga ko‘ra, ish beruvchi migratsiya xizmatiga talabnoma yuboradi, operator ishchi kuchini tanlab olib keladi, shartnoma muddati tugagach esa migrant o‘z yurtiga qaytib ketadi. Yirik va o‘rta ish beruvchilar bunday xodimlarni uy-joy va transport bilan ta’minlashga majbur bo‘ladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish