Noyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyat

Sun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyoz

Sun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyoz

Vazirlar Mahkamasining 581-sonli qarori bilan sun’iy intellekt bo‘yicha ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarga davlat infratuzilmasidan imtiyozli foydalanish huquqi berildi.

Infratuzilmaga imtiyozli kirish va moliyalashtirish tartibi

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi 2026-yil 21-oktyabrdan kuchga kirgan «Sun’iy intellekt sohasida amaliy loyihalarni yanada qo‘llab-quvvatlash chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi 581-sonli qarorini qabul qildi. Hujjat OTMlar, ilmiy tashkilotlar, raqamli startaplar va hokimlar maslahatchilariga Raqamli texnologiyalar vazirligining sun’iy intellekt infratuzilmasidan bepul va imtiyozli foydalanish tartibini belgilaydi.

Hujjatga muvofiq, katta til modellari (LLM) bilan ishlaydigan loyihalarga 6 oygacha bo‘lgan muddatga har oyda 10 million tokengacha API orqali bepul kirish imkoniyati beriladi. Ushbu hajm oshganda, 50 million tokengacha bo‘lgan qo‘shimcha hajm uchun 50 foizlik chegirma qo‘llaniladi. Boshqa SI modellari uchun esa 6 oygacha muddatga 120 gigabaytgacha videoxotira (GPU) ajratilishi ko‘zda tutilgan. Infratuzilmadan modellarni o‘qitish, testdan o‘tkazish, validatsiya va inferens uchun foydalanishga ruxsat etiladi.

Shuningdek, davlat organlari va xo‘jalik jamiyatlari SI loyihalarini joriy etgandan so‘ng Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasidan ajratilgan mablag‘larni Raqamli texnologiyalarni rivojlantirish jamg‘armasiga 5 yil davomida to‘liq qaytarishlari shart.

Tanlov tartibi va xavfsizlik talablari

Sog‘liqni saqlash, ta’lim, qishloq xo‘jaligi va davlat boshqaruvi kabi sohalardagi ijtimoiy ahamiyatga ega loyihalarni saralab olish tanlovi yilda ikki marta — iyul va noyabr oylarida o‘tkaziladi. Kelib tushgan arizalar ekspert komissiyasi tomonidan 100 ballik tizim bo‘yicha baholanadi hamda g‘oliblar «Raqamli O‘zbekiston — 2030» strategiyasini amalga oshirish bo‘yicha Muvofiqlashtirish komissiyasi tomonidan tasdiqlanadi. Natijalardan norozi bo‘lgan ishtirokchilar 3 ish kuni ichida elektron apellyatsiya berish huquqiga ega.

Foydalanuvchilarga katta ma’lumotlar bazalaridan bepul foydalanish imkoni beriladi, biroq ushbu ma’lumotlarni uchinchi shaxslarga berish yoki tijorat maqsadlarida ishlatish taqiqlanadi. Infratuzilmadan kriptovalyuta mayningi, spam, fishing yoki zararli dasturlar yaratishda foydalanish qat’iyan man etiladi. Qoidalarga rioya etilishini Sun’iy intellekt va raqamli iqtisodiyotni rivojlantirish markazi nazorat qiladi.