Avtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyoQo‘qondagi mehmonxonada 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi — gumondor СIZOga joylashtirildiJamiyat

Toshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladi

Toshkentda 26–27-oktyabr kunlari kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik rejaviy ta’mirlash ishlari sababli oltita tumanda ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha cheklanadi.

Suv o‘chirilishi sabablari va qamrov hududi

Toshkent shahrida 26-oktyabr kuni soat 09:00 dan 27-oktyabr soat 14:00 ga qadar poytaxtning Mirzo Ulug‘bek, Yashnobod, Bektemir, Sergeli, Mirobod va Yangihayot tumanlarida ichimlik suvi ta’minoti vaqtincha to‘xtatiladi. Ushbu чекловlar 2026-yilgi kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish doirasida rejalashtirilgan profilaktika va ta’mirlash ishlari bilan bog‘liq.

Suv ta’minotidagi uzilishlar o‘nlarcha mahallalarni, Sergeli hamda Quruvchilar massivlarini, shuningdek, bir qator muhim ijtimoiy va sanoat ob’ektlarini qamrab oladi. Ular orasida Islom Karimov nomidagi Toshkent xalqaro aeroporti, Olimpiya shaharchasi, «Yangi O‘zbekiston» bog‘i, «Qo‘yliq», «Yangiobod» va «Gumbaz» bozorlari, GM, Pepsi, Artel korxonalari hamda shifoxonalar bor. Tuman issiqlik markazlariga suv berish to‘xtashi munosabati bilan ayrim hududlarda issiq suv ta’minoti ham vaqtincha cheklanishi mumkin.

Suv yetkazib berish va ma’lumot olish tartibi

Profilaktika ishlari davomida suv ta’minotisiz qolgan hududlar va aholi xonadonlariga ichimlik suvi maxsus avto-sistearnalar orqali yetkazib berilishi ta’minlanadi.

Fuqarolar qo‘shimcha ma’lumot olish va suv yetkazib berish bo‘yicha murojaat qilish uchun dispetcherlik xizmatining (+998 71) 256-10-95, (+998 71) 252-60-08 hamda 1054 qisqa raqamlariga bog‘lanishlari mumkin.