Avtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyoQo‘qondagi mehmonxonada 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi — gumondor СIZOga joylashtirildiJamiyat

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdi

O‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdi

O‘zbekiston TIV Tailand bilan vizasiz sayohat qilish bo‘yicha kelishuvga erishilganini ma’lum qildi.Hozirda hujjat matni Tailand tomoni tomonidan ko‘rib chiqilmoqda.

Diplomatik muzokaralar va kelishuv loyihasi

O‘zbekiston Tashqi ishlar vazirligi joriy yilning may oyidan boshlab mamlakat fuqarolari uchun Tailand Qirolligiga borishda qulay shart-sharoitlar yaratish maqsadida faol diplomatik sa’y-harakatlarni amalga oshirmoqda.

Jumladan, Tailand TIV bilan bir qator to‘g‘ridan-to‘g‘ri muzokaralar o‘tkazilib, O‘zbekiston Respublikasi va Tailand Qirolligi o‘rtasida vizasiz safarlar to‘g‘risidagi bitimni imzolash bo‘yicha kelishuvga erishildi. Ayni paytda hujjat loyihasi Tailand tomoni tomonidan ko‘rib chiqish jarayonida.

Elektron vizalardagi muammolarni hal etish

Shuningdek, o‘zbekistonlik fuqarolarning Tailand elektron vizalarini rasmiylashtirishda duch kelayotgan qiyinchiliklarini bartaraf etish bo‘yicha ham izchil diplomatik ishlar olib borilmoqda.

Mazkur kelishuvning imzolanishi ikki davlat o‘rtasidagi turizm va ishbilarmonlik aloqalarini yangi bosqichga olib chiqishi kutilmoqda.