Avtobus yo‘lda buzilib qolsa, yo‘lkira pulini qanday qaytarib olish mumkinJamiyatO‘zgidromet O‘zbekistonning sakkizta viloyatida sel va suv toshqinlari xavfidan ogohlantirdiJamiyatMarketpleyslardan buyurtma qilingan bijuteriyalar O‘zbekiston bojxonadan o‘tkazilmayaptiJamiyatToshkent shahar IIBB yolg‘on ma’lumotlar tarqalishi ortidan Instagram monitoringini kuchaytirilgan rejimga o‘tkazdiJamiyatDemokrat.uz rahbari va bloger 10 yildan ortiq muddatga qamaldiJamiyatSadyr Japarov Qirg‘iziston prezidentligiga ikkinchi muddat uchun ariza topshirdiDunyoTailand o‘zbekistonliklar uchun vizasiz rejim masalasini ko‘rib chiqishni surib qo‘ydiJamiyatToshkent aeroportida telefonlarni bojxona rasmiylashtiruvi qayta tiklandiJamiyatNvidia rahbari Jensen Huang atrofidagi mojaro: Xitoy josusi, 7,5 milliard dollarlik sxema va Trampga berilgan zarbaDunyoQo‘qondagi mehmonxonada 7-sinf o‘quvchisi zo‘rlandi — gumondor СIZOga joylashtirildiJamiyat

Noyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildi

Noyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildi

Sinoptiklar noyabr oyi uchun batafsil ob-havo prognozini e’lon qildi. O‘zbekistonda oyning birinchi dekadasi iliq kechadi, keyinchalik esa tungi ayoz va qor yog‘ishi ehtimoli bor.

Umumiy harorat rejimi va birinchi dekada

O‘zbekiston hududida noyabr oyidagi o‘rtacha oylik havo harorati ko‘p yillik iklimiy me’yor atrofida, ayrim hududlarda esa me’yordan 1–1,5 darajaga yuqori bo‘lishi kutilmoqda. Oyning dastlabki o‘n kunligi poytaxt va viloyat aholisini nisbatan iliq ob-havo bilan quvontiradi: kechalari harorat +5…+10 daraja atrofida saqlanib tursa, kunduzi havo +17…+22 darajagacha isiydi.

Ikkinchi va uchinchi dekadalardagi sovush

Noyabrning ikkinchi va uchinchi o‘n kunligidan e’tiboran havo harorati bosqichma-bosqich pasaya boshlaydi. Ushbu davrda haroratning keskin tebranishlari kuzatiladi. Tungi harorat ko‘rsatkichlari dastlabki +3…+8 darajadan manfiy −2…+3 darajagacha tushadi. Kunduzgi harorat ham sezilarli darajada pasayib, +15…+20 darajadan +5…+10 darajagacha tushadi.

Yog‘ingarchilik xarakteri va qor ehtimoli

Oylik yog‘ingarchilik miqdori ko‘p yillik me’yor atrofida, ba’zi joylarda esa me’yordan kamroq bo‘lishi taxmin qilinmoqda. Yog‘ingarchiliklar oyning ayrim kunlaridagina kuzatilib, asosan yomg‘ir ko‘rinishida yog‘adi. Biroq oyning ikkinchi yarmidagi sovush kunlarida yomg‘irning qisqa muddatli qorga aylanishi ehtimoli bor.