Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

O‘zbekistonliklar Qatarga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — $5500 gacha

O‘zbekistonliklar Qatarga ishga taklif qilinmoqda. Maosh — $5500 gacha

Migratsiya agentligi Qatardagi Ulta Beauty do‘konlarida 1450 dollardan 5500 dollargacha maosh beriladigan bo‘sh ish o‘rinlarini e’lon qildi. Hujjatlar 29-avgustga qadar qabul qilinadi.

Oylik maoshlar miqdori:

  • Do‘kon generalniy menejeri — $5500;

  • Do‘kon boshqaruvchisi o‘rinbosari — $4000;

  • Mijozlar bilan ishlash menejeri — $3850;

  • Bo‘lim menejeri — $3050;

  • Brend bo‘yicha trening mutaxassisi — $2750;

  • Vizajist — $2300;

  • Teri parvarishi bo‘yicha mutaxassis — $2200;

  • Kosmetika bo‘yicha konsultant — $1900;

  • Vizual merchandayzer — $1500;

  • Manikyur va pedikyur ustasi — $1450.

Shartlar va nomzodlarga qo‘yilgan talablar

Ish beruvchi O‘zbekistondan Qatarga uchib borish va ta’til paytida orqaga qaytish aviachiptalari, ishchi viza, aeroportdan transfer va tibbiy sug‘urta xarajatlarini to‘liq qoplaydi. Yashash joyi, ovqatlanish hamda har kunlik transport xarajatlarini xodimning o‘zi to‘laydi.

Nomzodlar 20 yoshdan oshgan, ma’lumoti kamida o‘rta, ingliz tilini erkin bilishi hamda tegishli sohada kamida 2 yillik tajribaga ega bo‘lishi lozim. Tanlovda erkaklar va ayollar birdek qatnashishi mumkin. Hujjatlar 2026-yil 29-avgustga qadar Migratsiya agentligining rasmiy portali (labour.uz) orqali qabul qilinadi.

Muhim ma’lumot: Qatarda daromad solig‘i va xarajatlar

Qatarda jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i (Income Tax) 0 foizni tashkil etadi — ko‘rsatilgan maoshlar xodimga to‘liq, ushlanmalarsiz beriladi. Biroq xodimlar turar joy va ovqatlanishni o‘zlari to‘lashlari sababli bo‘lajak xarajatlarni inobatga olish lozim. Qatarda bir kishi uchun oylik xarajatlar (ijara va oziq-ovqat) o‘rtacha 600 dollardan 1200 dollargacha tushadi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish