O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

O‘zbekistonda 5 yilgacha bo‘lgan yuk mashinalari importi uchun boj butunlay bekor qilindi

O‘zbekistonda 5 yilgacha bo‘lgan yuk mashinalari importi uchun boj butunlay bekor qilindi

Davlat rahbari ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan “Euro-5” toifasidagi tyagachlar va yirik yarim tirkamalarni import bojsi hamda utilizatsiya yig‘imidan ozoq qilish to‘g‘risidagi qarorni imzoladi.

Ushbu strategik imtiyoz “Euro-5” va undan yuqori ekologik toifadagi sedelli tyagachlarga (suyultirilgan yoki siqilgan gazda harakatlanadiganlaridan tashqari) hamda to‘la vazni 15 tonnadan, ichki hajmi 76 metr kubdan yuqori bo‘lgan yarim tirkama va tirkamalarga tatbiq etiladi.

Mazkur qaror yillar davomida milliy iqtisodiyotning real sektori rivojlanishiga to‘sqinlik qilib kelayotgan tizimli muammolarni tezkor hal etishga qaratilgan. Shu vaqtga qadar yuqori bojxona to‘siqlari va utilizatsiya yig‘imlari sababli tijorat transporti parklarini yangilash aksariyat xususiy kompaniyalar uchun iqtisodiy jihatdan juda og‘ir yuk bo‘lib kelayotgan edi. Zamonaviy, tejamkor va xavfsiz yuk transportining yetishmasligi esa ichki yuk tashish tannarxining hamda xalqaro logistika xarajatlarining asossiz ravishda oshib ketishiga sabab bo‘ldi. Yuqori transport xarajatlari esa ichki bozordagi barcha tovarlar — oziq-ovqat mahsulotlaridan tortib qurilish materiallarigacha bo‘lgan mahsulotlarning yakuniy narxiga salbiy ta’sir ko‘rsatib, iste’molchilar hamyoniga zarba berayotgan, shuningdek, o‘zbek mahsulotlarining tashqi bozordagi raqobatbardoshligini bo‘g‘ayotgan edi.

Bozor ekspertlarining ta’kidlashicha, ishlab chiqarilganiga 5 yildan oshmagan sifatli texnikalar uchun boj va yig‘imlarning bekor qilinishi eski, samarasiz va ko‘p hollarda monopoliyaga asoslangan tashish tizimiga jiddiy zarba beradi. Logistika kompaniyalari va xususiy tadbirkorlar ortiqcha moliyaviy bosimsiz yetakchi xorijiy brendlarning yuk mashinalarini sotib olish imkoniyatiga ega bo‘ladilar. Bu nafaqat yuk tashish tannarxini va pirovardida mahsulotlar narxini tushirishga, balki yo‘llarda xavfsizlikni oshirish hamda “Euro-5” standarti evaziga ekologik holatni yaxshilashga xizmat qiladi. Biznes vakillarining fikricha, kutilayotgan iqtisodiy samaraga to‘liq erishish va barqaror investitsiyaviy muhitni ta’minlash uchun ushbu qoidalar vaqtinchalik “imtiyoz” bo‘lib qolmasdan, uzoq muddatli va o‘zgarmas qonuniyatga aylanishi zarur.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish