Sanepidqo‘mita meningit simptomlari va profilaktikasi bo‘yicha eslatma e’lon qildiJamiyatMisr turpaket egalari uchun Sharm ash-Shayxga kirish qoidalarini o‘zgarishsiz qoldirdiDunyoXorazmda bir oilaning 4 a’zosi ovqatdan zaharlanib vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda odamlar kamroq oila qura boshladiJamiyatO‘zbekistonda shifokorlar va farmatsevtlar uchun majburiy davlat ro‘yxatidan o‘tish tizimi joriy etiladiJamiyatAQSh Markaziy Osiyo davlatlariga kim bilan hamkorlik qilishni uqtirmoqchi emas — Marko RubioJamiyatFarg‘ona viloyatida bir ayol Turkiyaga fohishalikka yubormoqchi bo‘lgani uchun 5 yilga qamaldiJamiyatQiziriqda MFY raisi va uning ukasi shaxsiy fotolar sababli sudlandJamiyatAQSh 300 mingdan ortiq xorijlikning vizasini bekor qildiDunyoLotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini takomillashtirish to‘g‘risidagi qonun imzolandiSiyosat

O‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindi

O‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindi

Fiskal tahlil instituti direktor o‘rinbosari Dilshod Sultonov xarid cheklari uchun 1 foizlik keshbekni bekor qilishni taklif qildi. Uning ta’kidlashicha, yiliga ajratiladigan 150 mln dollarning 80 foizi baribir chek beradigan yirik tarmoqlarga ketmoqda.

Dilshod Sultonovning ta’kidlashicha, keshbek uchun to‘lanayotgan pulning 80 foizi baribir chek beradigan tashkilotlar — yirik supermarketlar va yirik umumiy ovqatlanish shoxobchalari mijozlariga ketmoqda. Shu sababli institut qolgan 20 foiz soliq to‘lovchilarni nazorat qilish uchun budjetdan yiliga 150 million dollar ajratishda hech qanday mantiq ko‘rmayapti.

Fiskal tahlil instituti keshbek tizimini bekor qilib, uning o‘rniga fuqarolar o‘rtasida sovrinli lotereyalar o‘tkazishni taklif qilmoqda. Bunda hozirgi 200 million so‘mlik cheklovni olib tashlash, odamlarga qancha xohlasa shuncha chekni ro‘yxatdan o‘tkazish imkonini berish va bosh sovrin sifatida 200 million so‘mlik avtomobil o‘ynash ko‘zda tutilgan.

Mutassisning qo‘shimcha qilishicha, hozirda tizimda firibgarlik, soxta cheklarni ro‘yxatdan o‘tkazish va cheklar savdosi kabi holatlar ko‘payib ketgan. Taqqoslash uchun, 2022-yilda 1 foizlik keshbek bo‘yicha to‘lovlar 820 milliard so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, 2026-yilda ushbu summa 1,8 trillion so‘mga yetishi kutilmoqda. Bu mablag‘ 120 o‘rinli 300 ta bog‘cha qiymatiga tengdir. Taqqoslash uchun, 2026-yilda davlat budjetidan bog‘chalar qurilishiga bundan ikki baravar kam — 900 milliard so‘m ajratilishi rejalashtirilgan.

Shu bilan birga, Dilshod Sultonov ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlam uchun go‘sht, sut mahsulotlari, tuxum, o‘simlik yog‘i, un, shakar, dori-darmon va tibbiy xizmatlar xaridida 12 foizlik QQSni qaytarish tizimi to‘liq saqlab qolinishini ta’kidladi. Chunki hammaga bir xil QQS imtiyozini berib bo‘lmaydi — kam ta’minlangan oila haftasiga yarim kilo go‘sht olsa, o‘ziga tahlil kishilar 5-10 kg go‘sht xarid qilishi mumkin, natijada imtiyoz boylarga xizmat qilib qoladi. Ushbu tizim manzilli ishlagani uchun saqlab qolinadi va soxta cheklar orqali QQSni qaytarib olish hollarining oldini olish uchun faqat takomillashtiriladi.