O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Shavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi

Prezident Shavkat Mirziyoyev Toshkentda foydalanishga topshirilayotgan Zamonaviy san’at markazi bilan tanishdi. 1912-yilda qurilgan tarixiy binoda joylashgan ushbu dargoh Markaziy Osiyodagi eng yirik madaniyat institutiga aylandi.

Prezident Shavkat Mirziyoyev 4-sentabr kuni O‘zbekiston Madaniyat va san’atni rivojlantirish jamg‘armasining flagman loyihasi hisoblangan Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdi. Davlat rahbari bu yerda yaratilgan sharoitlar bilan tanishib, zamonaviy san’atni izchil rivojlantirish va Yangi O‘zbekistonning madaniy qiyofasini xalqaro maydonda mustahkamlash muhimligini ta’kidladi.

Yangi markaz 1912-yilda me’mor Vilgelm Geyntselman loyihasi bo‘yicha qurilgan hamda ilgari tramvay deposi va dizel elektr stansiyasi sifatida foydalanilgan tarixiy binoda joylashgan. Inshootni qayta tiklash me’moriy konsepsiyasi Fransiyaning Studio KO byurosi tomonidan ishlab chiqilgan bo‘lib, binoning tarixiy hamda industrial qiyofasi saqlangan holda zamonaviy madaniy maskan talablariga moslashtirildi. Bu O‘zbekistondagi birinchi davlat zamonaviy san’at markazi hamda Markaziy Osiyoda ko‘rgazma, ta’lim va tadqiqot yo‘nalishlarini birlashtirgan eng yirik muassasaga aylandi.

Markaz majmuasida ko‘rgazma zallari, uchrashuv maydonchalari, kutubxona va tadqiqot arxividan tashqari, konsept-stor hamda restoran ham ko‘zda tutilgan. Maskanda ma’ruzalar, mahorat darslari, kinonamoyishlar, konsertlar va art-rezidensiyalar o‘tkaziladi. Shuningdek, markaz AQShning Guggenxaym muzeyi, Buyuk Britaniyaning Tate galereyasi va Fransiyaning Pompidu markazi kabi dunyoning yetakchi madaniyat institutlari bilan hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan.

Maskan o‘z faoliyatini birinchi xalqaro Hikmah («Maddroshlik») ko‘rgazmasi bilan boshlaydi. Unda mashhur rassomlarning 11 ta asari, jumladan, Nyu-Yorkdagi Guggenxaym muzeyi kolleksiyasidan maxsus keltirilgan installyatsiya namoyish etiladi. Markazning rasmiy ochilish marosimi 6-sentabr kuniga belgilangan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish