Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekistonda pul massasi rekord darajaga yetib, 434,5 trln so‘mni tashkil etdi

O‘zbekistonda pul massasi rekord darajaga yetib, 434,5 trln so‘mni tashkil etdi

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga O‘zbekistonda pul massasi bir yilda 37 foizga oshdi. Muomaladagi naqd pullar miqdori ham 76,3 trln so‘mga yetib, rekordni yangiladi.

Markaziy bank ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-avgust holatiga ko‘ra O‘zbekiston iqtisodiyotidagi pul massasi (banklardagi depozitlar va muomaladagi naqd pullar) tarixdagi eng yuqori ko‘rsatkich — 434,5 trln so‘mga yetdi.

Ko‘rsatkich bir yil oldingiga nisbatan qariyb 118,8 trln so‘mga yoki 37 foizga ortgan. Milliy valyutadagi pul massasi umumiy hajmning 83 foizdan ortiq qismini tashkil etmoqda.

Shuningdek, iqtisodiyotdagi pul massasi oxirgi uch yilda ikki baravardan ko‘proqqa o‘sdi. Taqqoslash uchun, 2025-yil iyunida bu ko‘rsatkich 300 trln so‘mni tashkil etgan bo‘lsa, joriy yilning iyun oyida ilk bor 400 trln so‘mlik marradan o‘tgan edi.

Naqd pullar va tarixiy dinamika

Muomaladagi naqd pullar miqdori ham rekord darajaga yetib, 76,3 trln so‘mni tashkil etdi. Bu o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 16,4 trln so‘mga ko‘pdir.

Ma’lumot uchun, Markaziy bank pul massasi bo‘yicha statistikani ilk bor e’lon qilgan 2013-yil 1-fevralda bu ko‘rsatkich 24,4 trln so‘m bo‘lgan. 2024-yil boshiga kelib ko‘rsatkich 242,2 trln so‘mga yetgan, ya’ni 11 yil davomida pul massasi qariyb 10 baravarga ko‘paygan.