So‘nggi:
O‘zbekistonda «Barselona» futbol akademiyasini ochish rejalashtirilmoqdaSportO‘zbekistonda elektr iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildi. Energetika vazirligi tejamkorlikka chaqirmoqdaJamiyatSamarqandda bankni portlatish bilan tahdid qilgan qishki kiyimdagi shaxs ushlandiJamiyatFarg‘ona vodiysi Markaziy Osiyoning eng seysmologik xavfli hududlaridan biri bo‘lib qolmoqda — JSSTJamiyatEkologiya qo‘mitasi fuqarolarni issiqda o‘simliklarni kunduzi sug‘ormaslikka chaqirdiJamiyatBelarusdagi o‘zbek migrantlari sharoit va maoshdan shikoyat qildiJamiyatDavlat mehnat inspeksiyasi issiq sababli soat 11:00 dan 16:00 gacha tashqarida ishlashni cheklashni tavsiya qildiJamiyatOlti oyda 18 nafar IIV xodimi xizmat vazifasini bajarish chog‘ida vafot etdiJamiyatQashqadaryoda tulki bolasi tirnagan erkak vafot etdiJamiyatO‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyot

O‘zbekistonda forel va osyotr baliqlari yetishtirish hajmi keskin oshiriladi

O‘zbekistonda forel va osyotr baliqlari yetishtirish hajmi keskin oshiriladi

Prezident Shavkat Mirziyoyev baliqchilik tarmog‘ini rivojlantirishga oid taqdimot bilan tanishdi. Keyingi yilda baliq yetishtirish hajmini 500 ming tonnaga yetkazish va tog‘oldi hududlarda forel hamda osyotr yetishtirishni kengaytirish vazifasi qo‘yildi.

Jahonda ilk bor sun’iy havzalarda yetishtirilgan baliq hajmi tabiiy suvlardan ovlangan baliq miqdoridan oshib ketgan bir paytda, O‘zbekiston Markaziy Osiyoda baliq yetishtirish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egallab turibdi. Mamlakatimizda 2025-yil yakunlariga ko‘ra 206 ming tonna baliq yetishtirilgan bo‘lsa-da, mavjud 173 ming kilometrlik daryo va kanal o‘zanlari imkoniyatidan hali to‘liq foydalanilmayapti. Shu bois davlat rahbari sohani an’anaviy ko‘l baliqchiligidan suvni tejaydigan intensiv texnologiyalarga o‘tkazish orqali baliq ishlab chiqarishni keyingi yilda 500 ming tonnadan oshirish vazifasini qo‘ydi.

Tarmoqni rivojlantirishda asosiy e’tibor yuqori daromad keltiruvchi baliq turlari, xususan, forel va osyotr yetishtirishga qaratiladi. Kelgusi yildan boshlab respublikaning tog‘oldi hududlarida yiliga forel va osyotr balig‘i yetishtirish quvvatlarini yaratish rejalashtirilgan. Karp, laqqa, forel va osyotr kabi baliq turlarining naslini yaxshilash, yangi zotlarni mahalliy iqlimga moslashtirish maqsadida Ohangaron daryosi bo‘yida Baliqchilik ilmiy-tadqiqot instituti uchun tajriba-sinov maydoni tashkil etiladi. Shuningdek, xorijiy grantlarni jalb qilgan holda milliy karp zoti yaratiladi.

Intensiv baliqchilikni rivojlantirish uchun tadbirkorlarga jiddiy moliyaviy imtiyozlar beriladi. Jumladan, yopiq suv aylanma tizimini o‘rnatish xarajatlarining bir qismi qoplanadi, naslli ona baliqlarni import qilish va quyosh panellarini o‘rnatish uchun subsidiyalar ajratiladi. Shuningdek, 329 ta tabiiy suv havzasi va ular atrofidagi 163 ming gektar yer maydonlari ijaraga beriladi hamda ularga zarur miqdorda suv yetkazib berish kafolatlanadi. Kadrlar tayyorlash tizimini yaxshilash uchun Toshkent davlat agrar universitetida Rossiyaning Astraxan davlat texnika universiteti va Xitoyning Dalian okean universiteti bilan hamkorlikda qo‘shma fakultet ochiladi. Sohadagi suv sarfi, yerlar va baliq ovi nazorati sun’iy intellektga asoslangan yagona elektron platforma orqali raqamlashtiriladi.