So‘nggi:
Markaziy bank murojaatlar bo‘yicha eng salbiy ko‘rsatkichga ega 10 ta bankni e’lon qildiJamiyatToshkentda shahar telefoni bahonasida aldangan nafaqaxo‘r ayol 370 mln so‘mini firibgarlarga topshirib qo‘yishiga bir bahoya qoldiJamiyatO‘zbekistonliklar AQSh qishloq xo‘jaligiga H-2A vizasi bo‘yicha mavsumiy ishga jalb etiladiJamiyatUrganchda BYD Chazor haydovchisi janjal sabab bir nechta mashinani qasddan urib pachoqladiJamiyatToshkent kelin kuyovdan katta bo‘lgan nikohlar soni bo‘yicha yetakchi bo‘ldiJamiyat2028-yildan O‘zbekistonda ro‘yxatga olinmagan hayvonlarni saqlash va ko‘paytirish taqiqlanadiJamiyatMahallalar uyushmasi Shahrisabzdagi holatga munosabat bildirdiJamiyatToshkentda intim fotosuratlarni tarqatish bilan tahdid qilgan 31 yoshli tovlamachi ushlandiJamiyatYo‘l harakati qoidalarini buzganlik uchun javobgarlikni kuchaytirishga oid qonun Senatga yuborildiSiyosatPentagon qurol sinovlari bo‘yicha 25 yillik ochiq hisobotlarni yashirdiDunyo

Aholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdi

Aholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdi

Markaziy bank 2026-yilning birinchi yarim yilligi bo‘yicha valyuta bozori statistikasi bilan bo‘lishdi. Aholi banklarga 12,3 milliard dollar sotgan, bu o‘tgan yilgiga nisbatan 1,4 barobarga ko‘p.

O‘zbekiston tijorat banklarida 2026-yilning yanvar—iyun oylarida jismoniy shaxslar tomonidan amalga oshirilgan valyuta operatsiyalari hajmi keskin oshdi. Markaziy bank taqdim etgan hisobotga ko‘ra, aholi olti oy davomida banklarga jami 12,3 milliard dollar miqdorida xorijiy valyuta sotgan. Ushbu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davri bilan solishtirilganda deyarli 1,4 barobarga ko‘payganini ko‘rish mumkin.

Shuning bilan birga, fuqarolarning valyuta xarid qilish hajmi ham o‘sish tendensiyasini ko‘rsatdi. Hisobot davrida aholi tijorat banklaridan 6,8 milliard dollar sotib oldi. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davridagi 5,4 milliard dollarga nisbatan 26 foizga yuqoridir. Natijada jismoniy shaxslar tomonidan valyuta taklifi talabdan 5,5 milliard dollarga ortiq bo‘lib, ichki valyuta bozorini qo‘shimcha likvidlik bilan ta’minlovchi asosiy manbalardan biriga aylandi.

Mamlakatga kirib kelgan xalqaro pul o‘tkazmalari hajmi ham sezilarli darajada oshgan. Yilning birinchi yarmida respublikaga 9,3 milliard dollar mablag‘ yuborilgan bo‘lsa, mamlakatdan tashqariga 1,3 milliard dollar chiqib ketgan. Bu esa xalqaro o‘tkazmalar bo‘yicha 8 milliard dollarlik ijobiy saldoni shakllantirdi.

Umuman olganda, ichki valyuta bozorida xorijiy valyutaga bo‘lgan umumiy talab 32 milliard dollarga yetib, o‘tgan yilgiga nisbatan 20 foizga o‘sdi. O‘z navbatida, valyuta taklifi 27,8 milliard dollarni tashkil etdi va 31 foizlik o‘sishni ko‘rsatdi. Taklifning talabga nisbatan tezroq sur’atlarda ko‘payishi milliy valyuta kursi barqarorligini ta’minlashda muhim rol o‘ynadi. Yanvar—iyun oylarida dollar kursi 11 935 – 12 320 so‘m oralig‘ida tebranib, davr yakunida 12 009 so‘mni tashkil etdi, bu esa yil boshidagi ko‘rsatkichlar darajasida qolganini anglatadi.

Shuningdek, makroiqtisodiy barqarorlik va valyuta siyosatidagi erkinlik sababli Xalqaro valyuta jamg‘armasi iyun oyida O‘zbekistonning almashuv kursi rejimini qayta baholadi. Mamlakat «sudraluvchi» kurs rejimidan Janubiy Koreya, Qozog‘iston va Turkiya kabi 33 ta davlat kiritilgan «suzuvchi» kurs rejimidagi mamlakatlar qatoriga o‘tkazildi.