O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadi

Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi: shahar hududi va aholisi sezilarli darajada kengayadi

Vazirlar Mahkamasi qarori bilan Buxoro shahrining bosh rejasi tasdiqlandi. Hujjatga ko‘ra, shahar hududi 11,8 ming gektarga kengayadi, aholi soni 385 ming kishiga yetadi va magistral yo‘llar uzunligi ikki baravarga oshiriladi.

Prognozlarga ko‘ra, hisob davri yakuniga qadar Buxoro aholisi amaldagi 289,19 ming nafardan 385 ming nafargacha ko‘payadi. Shu bilan birga, shahar hududi 7 966,78 gektardan 11 847,06 gektargacha kengaytiriladi.

Uy-joy fondi hajmini 4,45 mln kvadrat metrdan 8,08 mln kvadrat metrgacha oshirish rejalashtirilgan. Natijada bir kishiga to‘g‘ri keladigan turar joy maydoni 15,4 kv.metrdan 21 kv.metrgacha yetkaziladi. Eskirgan uy-joy fondini yangilash va rekonstruksiya qilish munosabati bilan 114,66 ming kvadrat metr maydon qisqartiriladi.

Bosh reja doirasida madaniy, maishiy va kommunal xizmat ko‘rsatish obyektlari kengaytirilib, bo‘sh hududlar o‘zlashtiriladi hamda yangi jamoat majmualari barpo etiladi. Transport tizimini rivojlantirish maqsadida magistral ko‘chalarning uzunligi 102,6 kilometrdan 203 kilometrgacha (birinchi bosqichda 155,35 km) oshiriladi. Jamoat transportini modernizatsiya qilish natijasida esa yiliga 163,8 million yo‘lovchiga xizmat ko‘rsatish quvvati yaratiladi.

Eslatib o‘tamiz, 2024-yil yakunida Toshkent shahrining 2045-yilgacha mo‘ljallangan bosh rejasi tasdiqlangan edi. 2026-yil mart oyida hukumat poytaxt bosh rejasiga bir qator o‘zgartirishlar kiritib, ayrim hududlarda qavatlilik talablarini va qurilish mezonlarini qayta ko‘rib chiqdi hamda yangi parklar va yashil hududlar barpo etishni majburiy shart qilib belgiladi.