So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldi

O‘zbekistonda abituriyentlar uchun OTMlar va yo‘nalishlar tanlovi start oldi

25-iyuldan e’tiboran test topshirgan abituriyentlar my.uzbmb.uz platformasi orqali 8-avgustga qadar OTMlar, ta’lim yo‘nalishlari va shakllarini tanlashlari mumkin.

Qabul jarayoni «avval test — so‘ngra tanlov» tamoyili asosida amalga oshirilmoqda. Bo‘lajak talabalar topshirgan fanlari va ta’lim tilidan kelib chiqqan holda bitta yoki bir nechta OTM doirasida 5 tagacha ta’lim yo‘nalishini tanlashlari mumkin. Har bir yo‘nalish bo‘yicha ta’lim shaklini — kunduzgi, kechki yoki masofaviy — tanlash imkoniyati mavjud.

Arizalar my.uzbmb.uz platformasi orqali topshiriladi. Ma’lumotlar to‘ldirilib, SMS-kod yordamida tasdiqlangach, abituriyentning ro‘yxatdan o‘tganlik varaqasi shakllanadi. 8-avgustga qadar abituriyentlar o‘z tanlovlariga cheklanmagan miqdorda o‘zgartirishlar kiritishlari mumkin. Belgilangan muddat yakunlangach, ma’lumotlarni tahrirlash imkoniyati yopiladi.

Abituriyentlarga nafaqat o‘tgan yillardagi o‘tish ballariga tayanib, balki o‘z natijalari, qiziqishlari va kelajakdagi rejarini inobatga olish tavsiya etiladi. Jarayon yakunlangach, ro‘yxatdan o‘tganlik varaqasini yuklab olish va saqlab qo‘yish lozim.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq 2026/2027-o‘quv yilida O‘zbekiston OTMlarining kunduzgi bakalavriat yo‘nalishlariga 234 mingdan ortiq talaba qabul qilinishi, bu esa o‘tgan yilgiga nisbatan taxminan 58 foizga ko‘p ekani haqida xabar berilgan edi.