Toshkentda Xalqaro moda akademiyasi tashkil etiladiJamiyatIslom Madaminov Farg‘ona viloyati hokimining o‘rinbosari etib tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyat

Putin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Putin oilasini ta’minlay olmagan migrantlar Rossiyani tark etishini nazarda tutuvchi qonunni imzoladi

Vladimir Putin mehnat migrantlarini o‘zini va qaramog‘idagi oilasini yashash minimumidan kam bo‘lmagan darajada ta’minlashni majburlovchi qonunni imzoladi. Talab bajarilmasa, migrantlar 15 kun ichida Rossiyani tark etishi shart.

Rossiya prezidenti Vladimir Putin mehnat migrantlarini o‘zini hamda Rossiyada yashayotgan va qaramog‘idagi oila a’zolarini yashash minimumidan kam bo‘lmagan darajada moddiy ta’minlashga majbur qiluvchi qonunni imzoladi. Hujjat 26-iyul kuni rasmiy huquqiy axborot portalida e’lon qilindi.

Yangi qonunga ko‘ra, xorijlik fuqarolar o‘zi va oilasini belgilangan yashash minimumi miqdorida ta’minlashi shart. Shuningdek, patent asosida ishlayotgan migrantlar rasmiylashtirish chog‘ida nafaqat o‘zlari, balki voyaga yetmagan har bir farzandi uchun ham daromad solig‘i bo‘yicha qat’iy avans to‘lovini amalga oshirishlari kerak bo‘ladi. Qonun talablarini bajarmagan migrantlarga patent yoki ishlash ruxsatnomasi uzaytirilmaydi hamda ular voyaga yetmagan farzandlari bilan birga 15 kun ichida mamlakatni tark etishi lozim. Ichki ishlar vazirligiga migrantlarning daromad darajasi va soliq to‘lovlarini tekshirish vakolati berildi.

Davlat dumasi spikeri Vyacheslav Volodinning ta’kidlashicha, ushbu qonun migrantlarning oilalari bilan Rossiyaga ko‘chib kelishini cheklash hamda sog‘liqni saqlash va ta’lim tizimiga tushayotgan yukni kamaytirishga qaratilgan.

Eslatib o‘tamiz, avvalroq Vladimir Putin migratsiya sohasidagi davlat bojlari miqdorini bir necha barobarga oshirishni nazarda tutuvchi qonunni imzolagan edi. Unga ko‘ra, Rossiya fuqaroligini olish boji 4 200 rubldan 50 ming rublgacha, yashash guvohnomasini (VID) rasmiylashtirish boji esa 6 ming rubldan 30 ming rublgacha oshirilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish