So‘nggi:
O‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyatIsh haftasida O‘zbekistonda havo harorati 43 darajagacha ko‘tariladiJamiyatShavkat Mirziyoyev Urganch xalqaro aeroportidagi rekonstruksiya jarayoni bilan tanishdiJamiyatO‘zbekistonda abituriyentlar imtihon natijalari bo‘yicha apellyatsiya berishi mumkinJamiyat2027-yildan nasiyaga olinadigan tovarlar uchun 110 mln so‘mlik cheklov o‘rnatiladiJamiyatToshkentdagi Mustaqillik va Oqqo‘rg‘on ko‘chalari kesishmasida harakatlanish sxemasi o‘zgardiJamiyatAdvokatlarning SIZOda uchrashuv vaqtiga cheklov bekor qilindiJamiyat

Markaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMT

Markaziy Osiyoda 26 milliondan ortiq kishi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda — BMT

BMT ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyodagi yerlarning 20 foizi degradatsiyaga uchragan va 26 milliondan ortiq aholi qurg‘oqchilikdan aziyat chekmoqda . Samarqanddagi GEJ assambleyasida yangi ekologik loyihalar e’lon qilindi.

Markaziy Osiyoda 26 milliondan ziyod aholi qurg‘oqchilikdan jabr ko‘rmoqda. Mintaqadagi 152 million gektardan ortiq yer qurg‘oqchilik ta’sirida qolgan. Bu haqda BMTning Ipak yo‘li karvonining O‘zbekiston bo‘ylab sayohati hamda Global ekologik jamg‘arma (GEJ) assambleyasida yerlarni tiklash muammolariga bag‘ishlangan materialida ma’lum qilindi.

Tashkilot ma’lumotlariga ko‘ra, Markaziy Osiyo yerlarining kamida 20 foizi degradatsiyaga uchragan. Mintaqa hududlarining qariyb 80 foizidan yaylov sifatida foydalaniladi, ularning holati esa oziq-ovqat xavfsizligi, aholi daromadlari va iqlim o‘zgarishlariga bardoshlilikka bevosita ta’sir ko‘rsatadi. Qurg‘oqchilik va yer degradatsiyasi dehqonchilik va chorvachilik samaradorligining pasayishi, aholi daromadlarining qisqarishi hamda suv tanqisligining kuchayishiga olib kelmoqda.

Samarqandda bo‘lib o‘tgan GEJ assambleyasida yer degradatsiyasiga qarshi kurash bo‘yicha yangi loyihalar e’lon qilindi.Xususan, 5 ming gektar yerni qamrab olib, mingga yaqin fermer, chorvador va o‘rmonchilarni jalb etadigan «O‘zbekistonda iqlimga chidamlilik va yer resurslarini barqaror boshqarish uchun uglerodli dehqonchilik» nomli uch yillik tashabbusga start berildi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo tog‘ ekotizimlarini asrash loyihasi uchun 5,4 million dollar, suv va yer resurslarini barqaror boshqarish dasturi uchun esa 26 million dollar ajratilishi ma’qullandi.

Eslatib o‘tamiz, O‘zbekistonda mamlakatni ko‘kalamzorlashtirish bo‘yicha «Yashil makon» umummilliy loyihasi doirasida har yili 200 million tup daraxt va buta ko‘chatlarini ekish hamda 2030-yilga borib yashil hududlar maydonini hozirgi 15 foizdan 30 foizga yetkazish rejalashtirilgan.