So‘nggi:
Rossiya Sog‘liqni saqlash vazirligi migrantlar uchun tibbiy ko‘rikdan o‘tish tartibini o‘zgartirmoqdaDunyoO‘zbekistonda kichik biznesni tekshirishga uch yillik moratoriy e’lon qilinadiIqtisodiyotToshkentdagi «Yangiobod» bozori ta’mirlanadiJamiyatTurizm sohasiga yangi imtiyozlar beriladiIqtisodiyotKrishtianu Ronaldu va Karim Benzema 17 yildan so‘ng Toshkentga kelishi kutilmoqdaSportToshkentda Islom sivilizatsiyasi markazi oldida rolik uchgan yoshlar qamaldi va jarimaga tortildiJamiyatO‘zbekistonda saytlar orqali kartadan kartaga pul o‘tkazish taqiqlanadiIqtisodiyotBiznes uchun elektr va gazga oldindan to‘lov 100 foizdan 15 foizga tushiriladiIqtisodiyotToshkent hokimi Shavkat Umurzoqov xodimlarni ishdan o‘z vaqtida ketishga chaqirdiJamiyatO‘zbekistonda chiptasiz yurganlik uchun jarimalar oshirilishi kutilmoqdaJamiyat

Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildi

Yevro banknotlarining yangi dizayn variantlari namoyish etildi

Yevropa Markaziy banki yevroning 5 dan 200 gacha bo‘lgan barcha nominallari uchun yangi dizayn variantlarini taqdim etdi. Yakuniy dizayn 2026-yil oxiriga qadar tanlanishi rejalashtirilgan.

YeMB 23-iyul kuni o‘z saytida har bir nominal uchun 10 tadan dizayn variantini jamoatchilikka taqdim qildi. Ular ikki asosiy mavzu — «Yevropa madaniyati» hamda «Qushlar va daryolar» konsepsiyalari asosida ishlab chiqilgan. Fuqarolar 21-sentabrga qadar onlayn so‘rovda qatnashib, o‘z fikrini bildirishi mumkin.

«Yevropa madaniyati» yo‘nalishida qit’a tarixi va ilm-fanida muhim o‘rin tutgan shaxslar (Mariya Kallas, Betxoven, Mariya Kyuri, Servantes, da Vinchi va Berta fon Zutner) portretlari taklif qilingan. «Qushlar va daryolar» konsepsiyasi esa Yevropa ekotizimiga bag‘ishlangan bo‘lib, unda turli nodir qushlar aks etgan. YeMB prezidenti Kristin Lagardning ta’kidlashicha, yangi banknotlar yevropaliklarning ushbu valyuta bilan o‘zini yanada kuchliroq bog‘liq his qilishiga xizmat qilishi kerak.

Yangi banknotlar dizayni 2026-yil oxiriga qadar tanlanishi kutilmoqda. Bu yevro banknotlari 2002-yilda muomalaga kiritilganidan beri ularning tashqi ko‘rinishidagi birinchi yirik va jiddiy yangilanish bo‘ladi.

Eslatib o‘tamiz, amaldagi yevro dizayni muallifi shveysariyalik rassom Robert Kalina hisoblanadi. U 1996-yilda yaratgan va neytral arxitektura elementlarini aks ettirgan ushbu konsepsiyadan chekinishni hamda yangi taklif etilayotgan variantlarni YeMB taqdimotidan so‘ng tanqid ostiga oldi.