O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

O‘zbekistonda ayrim haydovchilarga gaz quyish taqiqlanadi

O‘zbekistonda ayrim haydovchilarga gaz quyish taqiqlanadi

Vazirlar Mahkamasi avtotransport va gaz quyish shoxobchalarida xavfsizlikni kuchaytirishga oid qaror qabul qildi. Sentabr oyidan qoidabuzar haydovchilarga gaz quyish taqiqlanadi.

Qarorga muvofiq, tegishli ruxsat beruvchi hujjatlari bo‘lmagan, texnik ko‘rikdan o‘tmagan yoki muddati o‘tgan yoxud sinovdan o‘tkazilmagan gaz ballonlari o‘rnatilgan avtomobillarga gaz quyish mutlaqo taqiqlanadi. Mazkur jarayon to‘liq raqamlashtirilib, 1-sentabrga qadar barcha ma’lumotlar U-Gas tizimi hamda Eco-Himoya platformasiga avtomatik tarzda integratsiya qilinadi.

Shuningdek, kuzdan boshlab xizmat muddati yakunlangan yoki ishlab chiqarilgan sanasi noma’lum bo‘lgan bosim ostida ishlovchi uskunalar ekspluatatsiyasi ham to‘xtatiladi.

Hukumat qarori qabul qilinishidan avval mamlakatdagi qariyb 6,2 mingta AYoQSh va gaz shoxobchalarida keng ko‘lamli tekshirishlar o‘tkazilib, 47 mingga yaqin yong‘in, sanoat va texnologik xavfsizlik qoidalari buzilishi holatlari aniqlangan. Jiddiy kamchiliklarga yo‘l qo‘ygan 464 ta shoxobcha faoliyati vaqtincha yopildi.

Shaharsozlik va ekologik talablarga javob bermaydigan ob’ektlarni xavfsiz hududlarga ko‘chirish dasturi tasdiqlanib, tadbirkorlarga yer huquqi saqlanishi va xarajatlar qoplanishi kafolatlandi. Mazkur qaror, shuningdek, yangi gaz quyish shoxobchalari ochishga bo‘lgan yashirin taqiqni ham tasdiqladi, chunki ko‘chirilgan shoxobchalarga tarmoqqa ulanish uchun ruxsatnomalar faqat mustasno tariqasida beriladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish