Toshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyatUy-joy egalariga ko‘chmas mulkning yangi bahosi bo‘yicha xabarnomalar kelmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev Toshkentdagi yangi Zamonaviy san’at markaziga tashrif buyurdiSiyosatO‘zbekiston iyulda 1 tonna oltin sotdi, lekin dunyoda top-3 xaridorligicha qolmoqdaIqtisodiyot

O‘zbekiston shahar va tuman hokimlari Buyuk Britaniyada tahsil oladi

O‘zbekiston shahar va tuman hokimlari Buyuk Britaniyada tahsil oladi

O‘zbekiston shahar va tumanlari rahbarlari Buyuk Britaniyada ta’lim tuzilmalari ishtirokida qisqa muddatli malaka oshirish dasturlarida qatnashish imkoniga ega bo‘ladi. Tegishli kelishuv Londonda o‘zbekistonlik vakillar hamda Buyuk Britaniyaning Civil Service College — Davlat xizmati kolleji o‘rtasidagi muzokaralar yakunida erishildi.

Gap boshqaruv kadrlarini tayyorlashning zamonaviy standartlarini joriy etish haqida bormoqda. Dasturlar strategik rejalashtirish, yetakchilik kompetensiyalarini rivojlantirish va mahalliy boshqaruv samaradorligini oshirishga yo‘naltiriladi. Shuningdek, davlat siyosati va raqamli transformatsiya sohasidagi xalqaro tajribani o‘rganishga alohida e’tibor qaratiladi.

Hokimlar uchun o‘quv dasturlari bir nechta formatda tashkil etiladi. Kurslar bevosita Buyuk Britaniyada, O‘zbekiston hududida, shuningdek onlayn platformalar orqali masofaviy shaklda o‘tkazilishi mumkin. Bunday yondashuv ko‘proq boshqaruvchilarni qamrab olish hamda dasturlarni milliy xususiyatlarga moslashtirish imkonini beradi.

Qisqa muddatli kurslardan tashqari, tomonlar qo‘shma ta’lim modullarini ishlab chiqish, trenerlarni tayyorlash, ekspertlar almashinuvi va davlat boshqaruvi sohasida tadqiqot tashabbuslarini amalga oshirish masalalarini ham muhokama qilmoqda.

Civil Service College davlat xizmatchilarining professional rivoji va zamonaviy boshqaruv amaliyotlarini joriy etishga ixtisoslashgan. Hamkorlikni kengaytirish hududiy hokimiyat organlari faoliyati sifatini oshirish hamda O‘zbekistonda kadrlar tayyorlash tizimini modernizatsiya qilishga qaratilgan.