Qumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindiJamiyatToshkentda 6 kishi is gazidan vafot etdi: fojia yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildiJamiyatO‘zbekiston va Tailand o‘rtasida vizasiz rejim joriy etilishi mumkin: TIV bayonot berdiJamiyatQozog‘istonda boylar uchun soliq stavkasini oshirish taklif qilindiDunyoNoyabrda tungi ayoz kutilmoqda: sinoptiklar oylik ob-havo prognozini e’lon qildiJamiyatSun’iy intellekt dasturchilariga bepul GPU: Hukumatdan yangi imtiyozJamiyatSurxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyat

Qumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindi

Qumqo‘rg‘onda chaqalog‘ini o‘ldirgan ayolga oid yangi tafsilotlar: sud hukmi e’lon qilindi

Qumqo‘rg‘on tumanida chaqalog‘ini hojatxonaga tashlab yuborgan Dilorom Esanovaning sud xukmi tafsilotlari ma’lum bo‘ldi. Unga 3 yil ozodlikni cheklash jazosi tayinlandi.

Hodisa tafsilotlari va tergov ma’lumotlari

Jinoyat ishlari bo‘yicha Qumqo‘rg‘on tuman sudi 1993-yilda tug‘ilgan Dilorom Esanovaga nisbatan Jinoyat kodeksining 99-moddasi (Onaning o‘z yangi tug‘ilgan chaqalog‘ini qasddan o‘ldirishi) bilan qo‘zg‘atilgan jinoyat ishini ko‘rib chiqdi.

Aniqlanishicha, 2026-yil 8-iyun kuni u Sho‘rchi tumanidan Qumqo‘rg‘on tumanidagi ota-onasining uyiga mehmonga borgan. 10-iyun kuni tonggi соат 5:00 larda uydan tashqaridagi hojatxonada qizaloq tuqqan va homila yo‘ldoshini qo‘li bilan uzib, chaqalog‘ini hojatxona ichiga tashlab yuborgan. Sud-tibbiy ekspertizasi chaqaloqning o‘limiga nafas yo‘llarining axlat bilan berkitilib qolishi va o‘tkir nafas yetishmovchiligi sabab bo‘lganini tasdiqlagan. Ayol ko‘p qon yo‘qotib, hushini yo‘qotganidan so‘ng ota-onasi uni topib, tez yordam bilan shifoxonaga olib borgan.

Ko‘rsatmalar va sud qarori

  • Sudlanuvchi o‘z aybiga iqror bo‘lib, chaqaloq tug‘ilganida nafas olmayotgandek tuyulgani uchun uni o‘lik deb o‘ylaganini, o‘sha paytda nima qilganini o‘zi ham tushunmaganini bildirgan. Shuningdek, u hozirda yana homilador ekanligini ma’lum qilgan.

  • Marhumaning turmush o‘rtog‘i tergovda xotinining ruhiyatida o‘zgarishlar sezgani, parishonxotir bo‘lib qolганиni, biroq ularning o‘rtasida nizo bo‘lmaganini aytib, sudlanuvchiga nisbatan da’vosi yo‘qligini bildirgan.

Суд ayolning homiladorligi, qaramog‘ida kichik farzandi borligi va qilmishidan pushaymonligini inobatga olib, unga 3 yil muddatga ozodlikni cheklash jazosini tayinladi. Unga yashash joyini ruxsatsiz o‘zgartirmaslik, Surxondaryo viloyatidan chiqmaslik, kechki payt uydan tashqariga chiqmaslik hamda ommaviy tadbirlar va ko‘ngilochar maskanlarga bormaslik cheklovlari yuklandi

Izohlar

    Izoh qoldirish