O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadi

Markaziy Osiyo davlatlari prezidentlari Seulda uchrashadi

Kelasi hafta Seulda mintaqaning besh davlati prezidentlari ishtirokida birinchi «Janubiy Koreya — Markaziy Osiyo» sammiti bo‘lib o‘tadi.

Kelasi hafta Seul shahrida birinchi «Janubiy Koreya — Markaziy Osiyo» sammiti bo‘lib o‘tadi. Unda mintaqaning beshta davlati rahbarlari ishtirok etadi. Bu haqda Janubiy Koreya prezidenti Li Je Myong bayonotiga tayanib Reuters xabar berdi.

«Ushbu sammit orqali Janubiy Koreya va Markaziy Osiyo o‘rtasidagi munosabatlar yetakchilar darajasidagi ko‘p tomonlama hamkorlikka birlashadi hamda biz ilgari surib kelayotgan «Yangi Shimoliy siyosat» yanada jadallashadi», dedi Li Je Myong televideniye orqali bergan bayonotida.

Dastlab sammit 2025-yilda o‘tkazilishi kerak edi, ammo sobiq prezident Yun Sok Yolning harbiy holat joriy etishga muvaffaqiyatsiz urinishidan keyingi siyosiy o‘zgarishlar sabab u 2026-yilga qoldirildi. Fevral oyida Koreya tashqi ishlar vaziri Cho Hyon sammit 16–17-sentabr kunlari Seulda o‘tkazilishini ma’lum qilgan edi.

Janubiy Koreya prezidenti sammit oldidan, 14–16-sentabr kunlari, Markaziy Osiyoning besh davlati rahbarlarining har biri bilan alohida ikki tomonlama uchrashuvlar o‘tkazadi.

Koreya yetakchisining matbuot kotibi Kan Yu Jongning ta’kidlashicha, sammit savdo, investitsiya, energetika, muhim minerallar va ta’minot zanjirlari kabi sohalarda hamkorlikni mustahkamlashga qaratilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish