Toshkent shahar Chilonzor tumanida gashish yog‘i qo‘shilgan pechenye va marmeladlar tayyorlaydigan maxfiy narkolaboratoriya aniqlandi. Bir necha kilogramm narkotik moddalar musodara qilindi.
Kuryerning ushlanishi va laboratoriyaning fosh etilishi
Toshkent shahar huquq-tartibot organlari xodimlari tomonidan internet-dókon orqali giyohvandlik vositalarini tarqatish bilan shug‘ullangan jinoiy guruh faoliyati va ularning maxfiy laboratoriyasi fosh etildi.
IIV ma’lumotlariga ko‘ra, tezkor tadbir Yashnobod tumanida internet-do‘kon kuryeri (zkladchik) hisoblangan shaxsning ushlanishi bilan boshlangan. Uning yonidan 58 ta o‘ramga joylangan 74 gramm gashish yog‘i topilgan.
Olib borilgan surishtiruv ishlari natijasida huquq-tartibot xodimlari ulgurji yetkazib beruvchi hamda Chilonzor tumanidagi «Do‘mbrobod» mahallasida joylashgan ijaraga olingan xonadondagi maxfiy laboratoriya iziga tushishgan.
Musodara qilingan vositalar va giyohvandlik moddali shirinliklar
Xonadonni ko‘zdan kechirish davomida juda ko‘p miqdordagi giyohvandlik vositalari va ulardan tayyorlangan oziq-ovqat mahsulotlari musodara qilindi:
-
3,5 kg gashish yog‘i;
-
361 ta o‘ramga qadoqlangan 350 gramm gashish yog‘i;
-
600 gramm gashish;
-
Taqiqlangan moddalar aralashmasi;
-
Giyohvandlik moddalari qo‘shilgan mahsulotlar: 1,5 kg gashish yog‘i ishlatib tayyorlangan pechenye hamda 4 ta qutiga joylangan marmeladlar.
Shuningdek, xonadondan giyohvandlik vositalarini ishlab chiqarish va qadoqlash uchun mo‘ljallangan maxsus uskunalar ham olib qo‘yilgan.
Jinoyat ishi qo‘zg‘atilishi
Gumonlanuvchi shaxslarga nisbatan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 273-moddasi 6-qismi «a» bandi (Giyohvandlik vositalari, ularning analoglari yoki psixotrop moddalarni sotish maqsadini ko‘zlab qonunga xilof ravishda tayyorlash, olish, saqlash va boshqa harakatlarni juda ko‘p miqdorda sodir etish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.





Izohlar
Hozircha izohlar yo‘q