O‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyatXorijdagi o‘zbekistonliklar foydasiga 850 ming dollar ish haqi va kompensatsiya undirildiJamiyatBotkin qabristonida devor qulashi oqibatida qabr toshlari shikastlandiJamiyatO‘zbekistonda «Chiqindilar to‘g‘risida»gi qonun yangilanmoqdaJamiyatToshkentda mehmonxona xodimlari mijozlarni videoga olib, qizga shahvoniy shilqimlik qildiJamiyatToshkent viloyatida IIB xodimi voyaga yetmagan qizni zorlaganlikda ayblandiJamiyatO‘zbekistonda san’atkorlarga qo‘shiq va chiqishlari uchun xavf ballari beriladiJamiyat

Iyul oyida O‘zbekistonda havo harorati me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda

Iyul oyida O‘zbekistonda havo harorati me’yordan yuqori bo‘lishi kutilmoqda

O‘zgidromet 2026-yil iyul oyi uchun ob-havo prognozini e’lon qildi. Respublika bo‘yicha harorat me’yordan 1,5–3 darajagacha yuqori bo‘ladi, cho‘llarda issiq 45 darajaga yetadi.

“O‘zgidromet” xizmati agentligi prognozlariga ko‘ra, oylik o‘rtacha harorat respublika bo‘ylab me’yordan 1,5–2 darajaga, mamlakatning janubiy hududlarida 2–2,5 darajaga, shimoliy o‘lkalarda hamda cho‘l zonalarida esa 2,5–3 darajaga yuqori bo‘ladi.

Sinoptiklarning ma’lum qilishicha, iyul oyining dastlabki kunlari unchalik issiq kelmaydi. Xususan, 1–5-iyul kunlari kunduzgi havo harorati 30–35 daraja atrofida, janubiy viloyatlarda esa 36–39 darajagacha bo‘lishi kutilmoqda. Biroq keyinchalik harorat ko‘tarila boshlaydi va birinchi o‘n kunlikning oxiriga kelib, kunduzi havo harorati respublika bo‘yicha 37–40 darajagacha, janubda esa 41–43 darajagacha isiydi.

Oyning qolgan qismida, ya’ni iyul oxirigacha havo harorati barqaror bo‘lmaydi va u 33–38 darajadan 38–43 darajagacha o‘zgarib turadi. Ayrim kunlari respublikaning shimolida, cho‘l hududlarida va janubiy viloyatlarda issiq tafti ba’zi joylarda 45 darajagacha ko‘tarilishi taxmin qilinmoqda.

Kechalari ham havo ancha issiq bo‘lib, asosan 20–25 darajani, janubda 25–27 darajani, shimol va cho‘llarda esa 27–30 darajani tashkil etadi. Iyul oyi davomida mamlakatda asosan quruq va yog‘ingarchiliksiz ob-havo hukmron bo‘ladi, faqat tog‘ oldi va tog‘li hududlarda mahalliy xarakterga ega qisqa muddatli yomg‘ir hamda momaqaldiroq kuzatilishi mumkin.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish