O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Farg‘onada 125,4 mlrd so‘mlik soxta QQS sxemasi fosh etildi

Farg‘onada 125,4 mlrd so‘mlik soxta QQS sxemasi fosh etildi

Farg‘ona viloyati soliq organlari tomonidan yashirin iqtisodiyotga qarshi o‘tkazilgan tahlillar davomida soxta qo‘shilgan qiymat solig‘idan (QQS) foydalanib, noqonuniy ravishda keshbek mablag‘larini undirishga bo‘lgan yirik urinish fosh etildi. Firgarlik yo‘li bilan sun’iy ravishda hosil qilingan QQSning umumiy summasi 125,4 milliard so‘mni tashkil etgan.

Viloyat soliq boshqarmasi xabariga ko‘ra, Farg‘ona shahrida istiqomat qiluvchi fuqaro T. З. tomonidan «E.F.F.» va «F.E.O.Z.» nomli korxonalar davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan.

Ushbu firmalar joriy yilning may oyida go‘yoki Termiz shahrida joylashgan «T.B.S.E.» korxonasidan 1,2 trillion so‘mlik un va sariyog‘ mahsulotlarini sotib olgani to‘g‘risida soxta elektron hisob-fakturalarni rasmiylashtirgan. Soliq hisobotlari o‘rganilib, korxonalarning yuridik manzilidagi omborlari ko‘zdan kechirilganda, aslida hech qanday mahsulot yetkazib berilmagani hamda o‘zaro pul hisob-kitoblari amalga oshirilmagani aniqlandi.

Ushbu qalloblik sxemasi keyinchalik ijtimoiy tarmoqlar orqali soxta fiskal cheklarni sotish va shu yo‘l bilan keshbek (shubhali qaytariq) mablag‘larini o‘zlashtirish maqsadida tashkil etilgan. Tezkor chora-tadbirlar natijasida «E.F.F.» va «F.E.O.Z.» kompaniyalarining QQS to‘lovchisi guvohnomalari vaqtincha to‘xtatildi.

Tashkilotlar qayta aniqlashtirilgan soliq deklaratsiyalarini topshirishga majbur bo‘ldi va 125,4 milliard so‘mlik soxta QQS butunlay bekor qilindi. Mazkur holat bo‘yicha to‘plangan barcha hujjatlar qonuniy chora ko‘rish uchun huquqni muhofaza qiluvchi organlarga yuborildi.