Surxondaryoda qizining janjali sabab onaga jarima solindiJamiyatToshkentning oltita tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiIqtisodiyotToshkentning 6 ta tumanida ichimlik suvi ta’minoti bir sutkaga vaqtincha to‘xtatiladiJamiyatFarg‘onada uchta bog‘chaning 51 nafar tarbiyalanuvchisi betoblanib qolgani yuzasidan surishtiruv boshlandJamiyatNamanganda eriga pichoq urgan ayolga ozodlikni cheklash jazosi tayinlandiJamiyatO‘zbekistonda virtual futbol bo‘yicha jahon chempionati bo‘lib o‘tadiSportO‘zbekistonlik tomoshabinlar Red Bull Dance Your Style jahon finali g‘olibini aniqlashda birinchi marta ovoz berishadiJamiyatIjtimoiy ҳimoya agentligi tizimidagi xodimlarga 120 foizgacha ustama belgilash taklif etilmoqdaJamiyatChirchiqda maktab hududida jamoat joyida masturbatsiya qilgan erkak videoga olindiJamiyatO‘zgidromet dam olish kunlarida quruq va iliq ob-havo bo‘lishini ma’lum qildiJamiyat

Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekistondagi oziq ovqat taqchilligi muammolarini ochiqladi

Birlashgan Millatlar Tashkiloti O‘zbekistondagi oziq ovqat taqchilligi muammolarini ochiqladi

FAO va JSST yangi hisobotida O‘zbekistonda sog‘lom oziq ovqat ratsioni qo‘shni davlatlardan qimmatligi va aholining 13,2 foiziga yetishmasligi ma’lum qilindi.

O‘zbekistonda sog‘lom taomlanish ratsionining bir kunlik qiymati 4,67 dollarni tashkil etib, bu ko‘rsatkich Rossiya, Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Tojikistondagiga qaraganda ancha qimmatdir. Ekspertlarning hisob-kitoblariga ko‘ra, 2024-yilda mamlakat aholisining 13,2 foizi (qariyb 4,8 million fuqaro) moddiy sabablar tufayli to‘liq va foydali oziq-ovqat sotib olishga qurbi yetmagan, 8,7 millionga yaqin odam esa doimiy ravishda oziq-ovqat yetishmovchiligini his qilgan. Shu bilan birga, respublika aholisining 44 foizi yetarlicha jismoniy harakat qilmasligi, 36 foizi esa noto‘g‘ri ovqatlanishi oqibatida kattalar o‘rtasida semirish darajasi 30 foizga yetdi — bu butun Markaziy Osiyodagi qolgan davlatlarning umumiy ko‘rsatkichidan ham yuqoridir. Ichki bozordagi vaziyatni 2025-yilda aniqlangan 33 ming tonnadan ortiq yaroqsiz va xavfli oziq-ovqat mahsulotlari ham murakkablashtirmoqda.

Xalqaro ekspertlar hukumatga ijtimoiy yordamni kengaytirish, muhim oziq-ovqatlar uchun soliqlarni kamaytirish hamda Fransiya tajribasidek narxlarni davlat tomonidan tartibga solish mexanizmini joriy etishni maslahat bermoqda. Kelajakda qishloq xo‘jaligini raqamlashtirish, jumladan, Yaponiyadagidek talabni bashorat qiluvchi sun’iy intellekt tizimlari, Vyetnam uslubidagi QR-kodli markirovka, Janubiy Koreya kabi agarklusterlar yaratish va fermerlar uchun energiya tejamkor muzlatgichli omborlar qurishni subsidiyalash taklif etildi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish