So‘nggi:
O‘zbekistonda ijtimoiy ish sohasini kompleks tartibga soluvchi yangi qonun qabul qilindiSiyosatAholi yarim yilda banklarga 12,3 milliard dollar sotdiIqtisodiyotChexiyada harbiy vertolyot halokatga uchrashi oqibatida bir kishi halok bo‘ldiDunyoFIFA O‘zbekiston milliy terma jamoasining jahon chempionatidagi ishtirokini e’tirof etdiSportMisrdan O‘zbekistonga o‘ta xavfli jinoyatchi ekstraditsiya qilindiJamiyatYangiqo‘rg‘onda qishloq xo‘jaligi maydonlari do‘ldan raketalar yordamida himoya qilindiJamiyatQashqadaryoda kelinini o‘zini o‘ldirish darajasiga yetkazgan qaynona 5 yilga qamaldiJamiyatO‘zbekistonda xaridlar uchun 1% keshbekni bekor qilish taklif qilindiIqtisodiyotChirchiqda ko‘cha mushuklarini boqqani uchun jarimaga tortilgan 73 yoshli ayol vafot etdiJamiyatWildberries’ning Krasnodar va Nevinnomisskdagi omborlariga dronlar hujum qildiDunyo

Banklar yirik pul o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

Banklar yirik pul o‘tkazmalari ustidan nazoratni kuchaytirmoqda

2026-yil mayidan banklarda 175 mln so‘mdan yuqori operatsiyalar qo‘shimcha tekshiriladi. Import shartnomalari bo‘yicha nazorat chegarasi 2 mlrd so‘mga tushirildi.

Yangi tartib doirasida voyaga yetmagan shaxslarning hisobvaraqlariga ham alohida e’tibor qaratiladi. Agar bolalar nomidagi kartaga 16,5 million so‘mdan ortiq mablag‘ kelsa yoki yechib olinsa, bu operatsiya shubhali deb tasniflanishi mumkin.

Shuningdek, xalqaro pul o‘tkazmalari bo‘yicha ham cheklovlar qat’iylashdi. Nazoratdagi davlatlar bilan bog‘liq 412 million so‘mdan oshgan o‘tkazmalar endi maxsus tekshiruvdan o‘tadi.

Tashqi iqtisodiy faoliyat bilan shug‘ullanuvchi tadbirkorlar uchun ham muhim yangilik mavjud. Import shartnomalariga kiritiladigan o‘zgarishlarni monitoring qilish chegarasi 8,24 milliard so‘mdan 2 milliard so‘mga tushirildi. Bu esa katta hajmdagi xaridlar ustidan nazoratni yanada kuchaytiradi.

Mutaxassislarning fikricha, ushbu o‘zgarishlar kapitalning mamlakatdan noqonuniy chiqib ketishini oldini olishda muhim omil bo‘ladi.