O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladiJamiyatO‘zbekistonliklar uchun Tailandga viza olish bo‘yicha qo‘llanmaJamiyatO‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladiJamiyatToshkentda o‘quvchining og‘ziga bilaguzuk tiqib yuborilgani aytilmoqdaJamiyatShavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdiSiyosatTramp Oyni AQShga tegishli deb e’lon qildiDunyoPo‘lat Bobojonov Prezident maslahatchisi o‘rinbosari lavozimidan ozod etildiSiyosatShavkat Mirziyoyev Xitoy delegatsiyasini qabul qildiSiyosatVeolia Energy Toshkentning uchta tumanida issiq suv vaqtincha o‘chirilishi haqida ogohlantirdiJamiyatProfilaktika inspektorlariga mahallalarda YHQ buzilishi bo‘yicha jarima solish huquqi beriladiJamiyat

Andijonda Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 milliard so‘mlik keshbek mablag‘lari o‘marildi

Andijonda Soliq Mobile ilovasi orqali 35,1 milliard so‘mlik keshbek mablag‘lari o‘marildi

Andijon viloyatida bir guruh shaxslar 1,1 trillion so‘mlik soxta hisob-fakturalarni Soliq Mobile ilovasi orqali rasmiylashtirib, milliardlab so‘m keshbekni naqdlashtirgan. Jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

Andijon viloyatida Soliq Mobile davlat mobil ilovasi orqali budjet mablag‘larini noqonuniy o‘zlashtirish bilan bog‘liq yirik firgibarlik sxemasi fosh etildi. Bir guruh fuqarolar aholiga keshbek to‘lash uchun davlat tomonidan ajratiladigan mablag‘larni talon-toroj qilish tizimini yo‘lga qo‘ygan.

Ish materiallariga ko‘ra, shu yilning mart-aprel oylari davomida bir guruh shaxslar soxta rahbarlar nomiga 9 ta mas’uliyati cheklangan jamiyatni (MChJ) rasmiylashtirgan. Shundan so‘ng, ushbu tashkilotlar orqali jami 1,1 trillion so‘mlik soxta elektron hisob-fakturalar rasmiylashtirilgan. Gumonlanuvchilar onlayn nazorat-kassa texnikasi yordamida uydurma chakana tushumlarni ko‘rsatib, jismoniy shaxslarga go‘yoki savdo qilingani haqida soxta cheklarni shakllantirishgan.

Ushbu firgibarlik oqibatida Soliq Mobile ilovasida jami 100 458 nafar fuqaroga avtomatik ravishda keshbek hisoblanib, to‘lab berilgan. Bu esa budjetdan 35,1 milliard so‘mlik davlat mablag‘larining to‘g‘ridan-to‘g‘ri talon-toroj qilinishiga olib kelgan.

Shu bilan birga, Andijon viloyati davlat soliq boshqarmasining mas’ul xodimlari tomonidan shubhali moliyaviy operatsiyalarni o‘z vaqtida to‘xtatish choralari ko‘rilmagan, shuningdek, sxemada qatnashgan kompaniyalarning QQS to‘lovchisi maqomi va guvohnomalari o‘z vaqtida bekor qilinmagan.

Mazkur holat yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining tegishli moddalari, xususan, talon-toroj qilish, mansab vakolatini suiste’mol qilish va hujjatlarni qalbakilashtirish bandlari bo‘yicha jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. To‘plangan barcha tergov materiallari qonuniy chora ko‘rish uchun prokuratura organlariga topshirildi.