So‘nggi:
O‘zbekistonda pensiyalar miqdori oshishi mumkin: to‘lovlar yangicha hisoblanadiIqtisodiyotXususiy ta’lim maskanlarida ovozli kameralar o‘rnatish majburiy bo‘ldiJamiyatToshkent viloyatida bog‘cha bolalari ommaviy zaharlangani yuzasidan 11 kishiga hukm o‘qildiJamiyatO‘zbekistonda elektr energiyasi iste’moli bo‘yicha yangi rekord qayd etildiJamiyatSurxondaryoda jazirama sabab og‘ir yuk mashinalari harakati vaqtincha cheklandiJamiyatOld oynalar tonirovkasini arzonlashtirish rejalashtirilmayapti — YHXXJamiyatIV “Ravshan Zolotoy”ga nisbatan xalqaro qidiruv bekor qilinganining sababini ma’lum qildiJamiyatO‘zbekistonda “dekret” va “bolnichniy” pullarini to‘lashning yangi tartibi joriy etildiJamiyatFarg‘onada bukmekerlik hisobini to‘ldirgan fuqaroning telefoni olib qo‘yildiJamiyatSog‘liqni saqlash vazirligi anomal issiq sababli aholiga tavsiyalar berdiJamiyat

1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladi

1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladi

O‘zbekiston qurilish sohasida raqamli nazorat kuchaytirilmoqda. 1-sentabrdan O‘zbekistondagi qurilish ob’yektlarida videonazorat o‘rnatish majburiy bo‘ladi

Ushbu uskunalar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi huzuridagi Qurilish sohasida nazorat inspeksiyasi tizimiga to‘g‘ridan-to‘g‘ri integratsiya qilinadi.

Yangi tartibga ko‘ra, ob’yektning hajmi va umumiy qiymatidan qat’i nazar, quyidagi yo‘nalishlar raqamli nazorat ostiga olinadi:

  • Tadbirkorlar tomonidan barpo etilayotgan ko‘p qavatli turar joy binolari;

  • Ijtimoiy soha ob’yektlari (maktabgacha ta’lim muassasalari, maktablar, shifoxonalar va boshqalar);

  • Mehmonxonalar va yirik turistik majmualar;

  • Yirik savdo markazlari hamda sanoat korxonalari;

  • Davlat budjeti mablag‘lari hisobidan qurilayotgan va loyiha qiymati 3 milliard so‘mdan yuqori bo‘lgan barcha ob’yektlar.

Raqamli monitoring inspektorlarga real vaqt rejimida (onlayn) bir nechta muhim vazifalarni masofadan turib nazorat qilish imkonini beradi:

  1. Loyihadan chetga chiqishning oldini olish: Tasdiqlangan hujjatlarga zid ravishda o‘zboshimchalik bilan binolar qurilishiga yo‘l qo‘yilmaydi.

  2. Yashirin iqtisodiyotga barham berish: Maydondagi ishchilarning aniq soni nazorat qilinadi, bu esa norasmiy bandlikni va ish haqini “konvertda” berish tizimini qisqartiradi.

  3. Mehnat xavfsizligi: Qurilish maydonlarida texnika xavfsizligi qoidalariga rioya qilinishi (kaska kiyish, maxsus kamarlar taqish) onlayn rejimda kuzatib boriladi.

Bugungi kunda poytaxtda 1700 ga yaqin qurilish ob’yekti mavjudligini inobatga olib, Toshkent shahri uchun alohida qat’iy ekologik va xavfsizlik choralari joriy etilmoqda. Endilikda poytaxtdagi quruvchilar zimmasiga quyidagi jihozlarni o‘rnatish majburiyati yuklanadi:

  • Havo sifatini aniqlovchi ekologik datchiklar va changni bostiruvchi suvli mikroklimat tizimlari;

  • Maxsus texnikalar shahar ko‘chalariga loy va chang olib chiqmasligi uchun avtomobillarni yuvish maydonchalari;

  • Tungi kuzatuv moslamalari, artezian quduqlari hamda elektr energiyasini hisobga oluvchi avtomatlashtirilgan “aqlli” hisoblagichlar.

Tizimning to‘liq va muvaffaqiyatli ishga tushishi hamda qurilish kompaniyalarining yangi texnik talablarga moslashishi uchun maxsus o‘tish davri taqdim etiladi.