O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 100 trln so‘mlik davlat aktivlari va yer maydonlari sotuvga qo‘yiladi

Davlat aktivlarini boshqarish agentligi xususiylashtirishning yangi bosqichini e’lon qildi. Dastur doirasida 100 trln so‘mlik aktivlar sotuvga chiqariladi va to‘lov shartlari yengillashtiriladi.

O‘zbekiston Davlat aktivlarini boshqarish agentligi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, mamlakatda xususiylashtirish dasturi doirasida yangi davlat aktivlari ochiq savdolarga chiqariladi. Rejaga ko‘ra, 84 ta xo‘jalik jamiyatidagi davlat ulushlari, 1 242 ta ko‘chmas mulk ob’yekti hamda tadiqorlik va shaharsozlik maqsadlari uchun mo‘ljallangan 8 ming gektarga yaqin yer maydonlari sotuvga qo‘yiladi. Shuningdek, davlat ishtirokidagi 85 ta korxonani tugatish va qayta tashkil etish, ilgari sotilmay qolgan 84 ta ob’yektni esa 1 mln so‘mlik boshlang‘ich narxda takroriy auksionga chiqarish ko‘zda tutilgan.

Sotuvga qo‘yilayotgan barcha aktivlarning umumiy qiymati 100 trillion so‘mni tashkil etadi va yil yakuniga qadar ularning realizatsiyasidan kamida 14 trillion so‘m tushum tushishi kutilmoqda. Shu bilan birga, prezident farmoni bilan biznes vakillarining takliflari asosida davlat aktivlarini xarid qilishni yanada jozibador va hamyonbop qiladigan yangi mexanizmlar joriy etilmoqda. Xususan, xarid chog‘idagi avans to‘lovi amaldagi 35 foizdan 15 foizgacha tushirildi, qolgan summani esa foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lashga ruxsat berildi.

Yirik bitimlar uchun alohida imtiyozli shartlar nazarda tutilgan. Aktiv qiymatini 6 oy ichida to‘liq to‘lagan xaridorlarga 25 foizlik chegirma beriladi. Shuningdek, aktiv qiymatining 35 foizini 3 oy ichida to‘laganlarga 5 yilgacha, 50 foizini 6 oy ichida to‘laganlarga esa 7 yilgacha foizsiz bo‘lib-bo‘lib to‘lash imkoniyati yaratiladi. Bu ilgari qo‘llanilgan o‘rtacha 14 foizlik ustama va qisqa muddatli to‘lov shartlariga nisbatan yengillik yaratadi.

Savdolar samaradorligini oshirish maqsadida narxlarni bosqichma-bosqich pasaytirish mexanizmi ham tatbiq etiladi. Agar biron-bir aktiv uch oy davomida sotilmay qolsa, uning narxi bosqichma-bosqich pasaytirilish tartibi qo‘llaniladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish