MrBeast Samarqandga tashrif buyuradi va O‘zbekiston bo‘ylab sayohat uyushtiradiJamiyatRaqobat qo‘mitasi kredit bo‘yicha ortiqcha to‘lovlarni asosiy qarzdorlikni kamaytirishga yo‘naltirishni taklif etdiJamiyatSaudiya Arabistonidagi o‘zbekistonliklar aviareyslar kechikishidan ogohlantirildiJamiyatO‘zbekiston dunyoning eng qudratli mamlakatlari reytingida 71-o‘rinni egalladiJamiyatO‘zbekistonlik talabalar Google AI Plus obunasini bir yil davomida bepul qo‘lga kiritishlari mumkinJamiyatDam olish kunlari O‘zbekistonda yomg‘ir yog‘ib, harorat pasayishi kutilmoqdaJamiyatToshkentning ikki tumanida ta’mirlash sababli gaz ta’minoti vaqtincha o‘chiriladiJamiyatSanjar Karimovga tayinlangan 5 yillik qamoq jazosi o‘zgarishsiz qoldirildiJamiyatO‘zbekiston Uzbek Seeds brendi ostida MDH bozoriga urug‘lik yetkazib berishni kengaytiradiJamiyatO‘zgidromet 9 ta viloyatda kuchli yomg‘ir va sel kelishi xavfidan ogohlantirdiJamiyat

O‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi

O‘zbekistonda 18 ta bozor va savdo majmuasidagi davlat ulushi sotuvga qo‘yiladi. Eng ko‘p ob’yektlar Namangan va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelmoqda.

O‘zbekistonda davlat aktivlarini maqbullashtirish va xususiy sektorni jalb etish dasturi doirasida hududlardagi 18 ta bozor hamda savdo majmuasidagi davlat ulushlari ochiq savdolarga chiqarilmoqda. Sotuvga qo‘yilayotgan ulushlarning aksariyati 51 foiz va undan yuqori nazorat paketini tashkil etadi.

Eng ko‘p ob’yektlar Namangan viloyatida sotuvga qo‘yilgan bo‘lib, u yerda 7 ta bozor va savdo majmuasi, jumladan «Yashil dehqon bozori» (68%), «Yangiqo‘rg‘on dehqon bozori» (51,42%), «Chust dehqon bozori» (51%), «To‘raqo‘rg‘on markaziy dehqon bozori» (51%), shuningdek «Namangan avto magistray», «Ixtisoslashtirilgan qurilish mollari» hamda «Do‘stlik» savdo majmualaridagi 51 foizlik ulushlar xususiylashtiriladi.

Farg‘ona viloyatida 5 ta ob’yekt xususiy investorlarga taklif etilmoqda: «Yakkatut dehqon bozori» (52,1%), «Rapqon dehqon bozori» (51%), «Yusufjon fayzi qurilish mollari» (51%), «Beshariq Umarovlar fayzi» (51%) hamda «Beshariq Turon» (51%) majmualari. Samarqand viloyatida esa «Toyloq dehqon bozori», «Samarqand innovatsion avtomobillar bozori» va «Gulobod yopiq savdo kompleksi»dagi 51 foizlik paketlar sotuvga qo‘yilgan.

Shuningdek, Surxondaryo viloyatidagi «Jarqo‘rg‘on dehqon bozori» (54,6%) va «Lolazor Denov Baraka» (51%) hamda Toshkent viloyatidagi «Qibray dehqon bozori»dagi (51%) davlat ulushlari ham savdolarga chiqarilishi belgilangan.