O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Shavkat Mirziyoyev rasmiy tashrif bilan Serbiyaga jo‘nab ketdi

O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya prezidenti Aleksandar Vuchichning taklifiga binoan Belgradga jo‘nab ketdi. Oliy darajadagi muzokaralar va biznes-forum o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

O‘zbekiston Respublikasi prezidenti Shavkat Mirziyoyev Serbiya Respublikasi prezidenti Aleksandar Vuchichning taklifiga binoan 7-sentabr kuni ushbu mamlakatga rasmiy tashrif bilan jo‘nab ketdi. Oliy darajadagi ushbu tashrif ikki mamlakat o‘rtasidagi siyosiy va iqtisodiy munosabatlarni yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan.

Belgrad shahridagi tashrif dasturidan oliy darajadagi muzokaralar o‘tkazilishi o‘rin olgan. Muloqotlar davomida davlat rahbarlari O‘zbekiston va Serbiya o‘rtasidagi ko‘p qirrali hamkorlikni yanada mustahkamlash hamda o‘zaro manfaatli savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytirishning dolzarb masalalarini atroflicha ko‘rib chiqadilar.

Tashrif doirasida ikki mamlakatning rasmiy hamda ishbilarmon doiralari vakillari ishtirokida qo‘shma biznes-forum o‘tkazilishi ko‘zda tutilgan. Tadbirda investitsiyalar, sanoat va savdo sohalaridagi sheriklikni rivojlantirish hamda yangi qo‘shma loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilinadi.

Sammit va muzokaralar yakunlari bo‘yicha har tomonlama va ko‘p qirrali hamkorlikni chuqurlashtirishga qaratilgan ikki tarafama hujjatlarning salmoqli paketi imzolanishi rejalashtirilgan.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish