O‘zbekistonda Yandex ga yangi Xitoy konkurenti paydo bo‘ladiJamiyatOlmazor tumanida 16 yoshli qiz xonadonda osilgan holda topildiJamiyatO‘zbekistonda do‘kon va kafe egalariga peshlavha o‘rnatish uchun ruxsatnoma olish bekor qilindiJamiyatToshkentliklar issiq suvdan kerosin hidi kelayotganidan shikoyat qilmoqdaJamiyatO‘zbekistonda bolalarni tarbiyalash bo‘yicha javobgarlik kuchaytirildiSiyosatO‘zbekistonda shilqimlik uchun ma’muriy javobgarlik kuchaytirildiJamiyatRaqobat qo‘mitasi taksi xizmatlari narxi oshganini o‘rganishni boshladiJamiyatO‘zbekistonda kitob o‘qigan maktab o‘quvchilariga 50 ming dollar beriladiJamiyatToshkentning yagona ayol tuman hokimi Nilufar Allabergenova ham lavozimidan olindiJamiyatO‘zbekiston texnikumlarida 1 mlrd so‘mgacha grantga ega spin-off kompaniyalari ochiladiJamiyat

Toshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindi

Toshkentda kuzgi issiq suv o‘chirilishi jadvali e’lon qilindi

Veolia Energy Tashkent sentabr-oktabr oylarida issiq suv ta’minotidagi 5 kunlik o‘chirishlar jadvalini e’lon qildi. Tumanlar va mahallalar bo‘yicha to‘liq ro‘yxat.

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi poytaxtda kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik ko‘rish, issiqlik tarmoqlari va qozonxonalarda rejali profilaktika ishlarini o‘tkazish maqsadida issiq suv ta’minotidagi 5 kunlik uzilishlar jadvalini e’lon qildi. Rejalashtirilgan ta’mirlash ishlari 2026-yilning sentabr hamda oktabr oylarida bosqichma-bosqich amalga oshiriladi.

Bosqichma-bosqich o‘chirishlar jadvali va qamrab olingan hududlar:

  • 14–18-sentabr (TC-2, TC-7, ToshTETS): Mirzo Ulug‘bek (Avayxon, Yangi Avayxon, Minglola, Alisher Navoiy, Yangi O‘zbekiston, Shukur Burxonov, Gulsanam, Sultoniya, Chimyon, Sho‘rtepa, Bahor, Katta Yalang‘och ota, Shalola, Kamolot, Yangi Kamolot, Feruza), Yashnobod (O‘rtamasjid, Uysozlar, Hosiyatli, Barkamol, Beshariq, Asalobod, Fazogir, Aviasozlar, Yashnobod, Tarnovboshi, Yanginur, Donishmand, Iltifot, Parvoz, Dilbog‘, Birlashgan, Navro‘zobod, Qadriyat, Alimkent, Maxmur, Tong, Vatandosh, Al-Buxoriy, Mohinur, Tuzel, Amir Temur, Cho‘lpon, To‘ytepa), Yakkasaroy (Armug‘on, Qushbegi, Boshliq, Dilbuloq, Muhandislar, Yakkasaroy, To‘qimachi, Meros, Raqat, Shohjahon, Belariq, Raqatboshi, Teppa, Konstitutsiya, Yunus Rajabiy, Bog‘saroy, Hamid Sulaymonov), Mirobod (Mirobod, Yangi Mirobod, Baynalminal, Salor, Abdulla Avloniy, Lolazor, Movarounnahr, Ming o‘rik, Farovon, At-Termiziy, Afrosiyob, Sharaf Rashidov), Chilonzor (Katta Do‘mbiraobod, Gavhar, Do‘mbiraobod, Katta Chilonzor-1, 2, 3, Novza, Chilonzor, Charx Kamolon-2, 3, Ko‘rkam, Lutfiy, Botirma, Zarqo‘rg‘on), Shayxontohur (Katta Oqtepa, Olim Xo‘jaev, Charxnovza) hamda Sergeli (Uchuvchilar, Oltinvodiy) tumanlari.

  • 21–25-sentabr (TC-1, TC-3): Mirzo Ulug‘bek (Bo‘z, Lashkarbegi, Bog‘imaydon, Darxon, Habib Abdullaev, Turon, Navnihol, Alpomish, Shahriobod, Yangi Olmachi, Oqqo‘rg‘on, Mustaqillik, Buyuk Ipak Yo‘li, Podshobog‘, Elobod, Hamid Olimjon, Mirzakalon Ismoiliy, Sayram, Oliyhimmat, Olimlar, Oydin), Yashnobod (Boyqo‘rg‘on, Semurg‘, Mashinasozlar, Istiqlol, Do‘stobod), Yunusobod (Obod, Posira), Shayxontohur (Sarxumdon, Gulobod, Obinazir, Bog‘ko‘cha, Ilg‘or, Zafarobod, Bo‘ston, Tinchlik, Chorsu, Qoratosh, Chakar, Yangi Kamolon, Kamolon Darvoza, Kamolon, Hadra, Gulbozor, O‘rda, Shayxontohur), Olmazor (Chustiy, Quyosh, Orzu, Allon, Ziyo, Bo‘stonobod, Istiqbol, Universitet) hamda Chilonzor (Beshag‘och, Katta Olmazor) tumanlari.

  • 28-sentabr — 2-oktabr (TC-4): Yunusobod (Turkiston, Qo‘shchinor, G‘ayratiy, Husniobod, Adolat, Billur, Astrobod, Sobirobod, Uch Qahramon, Nurmakon, Mingchinor, Bog‘ishamol, Bog‘ieram, Halqabog‘, Muruvvat, Ahmad Donish, O‘zbekiston Mustaqilligi, Yunus Ota, Yangibog‘, Ahilobod, Sevinch, Yurtobod, Uvaysiy, Shoshtepa, Mehnatobod, Begubor, Qadrdon, Akbarobod, Yunusobod, Shahriston, Otchapar-1, Minor, Iftixor, Usta-Shirin, Hiyoobontepa, Bo‘zsuv, Yangitarnov, Shayx-Shivli, Mirzo Ulug‘bek, Matonat, Buyuk Turon, Qashqar), Olmazor (Sebzor, Yangi Sebzor, Yuqori Sebzor, Chiltug‘on, Xonchorbog‘, Miskin, Taraqqiyot, Qorasaray, Guruch Ariq, Kichqiriq, G‘ani A’zamov, Zamondosh, Chimboy, Oltinsoy, Islomota, Gulsaray, Chuqursay, Yangi Toshkent, Istiqbol, Shodiyona, Universitet, Ziyokor, Mirzo G‘olib, Tabassum, Tepaguzar, G‘alaba, Umid, Shon-shuhrat, Mustaqillik, Yoshlik, Chamanbog‘, Olimpiya, Jiydali, Beruniy, Xislat, Shifokorlar, Chig‘atoy Oqtepa, Beltepa, Yangi Beltepa, Shodlik, Ibn Sino, Katta Jarariq, Yangi Jarariq) va Shayxontohur (Jangoh, Ko‘h Ota, Labzak) tumanlari.

  • 5–9-oktabr (TC-6, TC-8, Vodnik, Sanoatenergo): Mirobod (Baratxo‘ja, Parvona, Chinor, Yuksalish, Yangi Qo‘yliq, Tolarik, Ziyonur, Bilimdon, Fayzobod, Sariko‘l, Qorasuv, Oltinko‘l, Furqat, Abdurauf Fitrat), Yashnobod (Katta Qo‘yliq, Mumtoz, O‘rtamasjid, Uysozlar, Hosiyatli, Barkamol, Beshariq, Asalobod, Fazogir, Aviasozlar, Yashnobod, Tarnovboshi, Yanginur, Donishmand, Iltifot, Parvoz, Dilbog‘, Birlashgan, Navro‘zobod, Qadriyat, Alimkent, Maxmur, Tong, Vatandosh, Al-Buxoriy, Mohinur, Tuzel, Amir Temur), Sergeli (O‘zgarish, Habibiy, Mehrigiyo, Madadkor, Ziynat, Yangi Sergeli, Sohibkor, Sofdil, Nilufar, Ittifoq, Nurhayot, Saxovat, Qipchoq, Halqobod, Madaniyat, Birdamlik, Shukrona, Qo‘shqo‘rg‘on, Quruvchilar, Farog‘atli), Yangihayot (Mash’al, Navqiron, Al-Farg‘oniy, Viqor, Yo‘ldosh, Chorbog‘, Zarbldor, Do‘stlik, Charog‘on, Yorqinhayot, Xushnud) hamda Bektemir (Zilola, Rohat, Mirishkor, Iqbol) tumanlari.

  • 12–16-oktabr (TC-5): Chilonzor (Al-Xorazmiy, Bek tupigi, Guliston, Bahoriston, Sharaf, Sharq, Sharq tongi, Xayrobod, Yakkatut, Xirmontepa, Katta Xirmontepa, Kichik Xirmontepa, Shuhrat, Mehrjon, Mevazor, Bo‘rijar, Botirma, Fidokor, Zarqo‘rg‘on, Katta Navbahor, Navbahor, Ko‘tarma, Qatortol, Cho‘ponota, Nafosat, Diyor, Xalqlar do‘stligi, Dilobod, Beshchinor, Lutfiy, Yakkabog‘) hamda Uchtepa (Guzar, Qo‘rg‘ontepa, Xuroson, Zargarlik, Ko‘hna Cho‘pon-Ota, Bog‘iston, Bog‘obod, Birlik, Nayman, Farhod, Tinchlikobod, Vatan, Vatanparvar, Hamdo‘st, Nurobod, Shirin, Diydor, Alixon To‘ra Sog‘uniy, Diyorobod, Yangi yo‘l, Foziltepa, Zulfizor, Ko‘rkamobod, Quyi Darxon) tumanlari.

Ta’mirlash ishlari davomida issiqlik manbalaridagi magistral quvurlar, nasos stansiyalari hamda qozonxona uskunalarida profilaktika va almashtirish tadbirlari olib boriladi. Kompaniya vakillarining ta’kidlashicha, ushbu chora-tadbirlar isitish mavsumida issiqlik tizimining barqaror va uzluksiz ishlashini ta’minlashga qaratilgan.

Veolia Energy Tashkent kompaniyasi keltirilgan noqulayliklar uchun poytaxt aholisidan uzr so‘rab, profilaktika ishlari belgilangan grafik bo‘yicha o‘z vaqtida yakunlanishini ma’lum qildi. Iste’molchilardan o‘chirish kunlarida tegishli kranlarni yopiq holatda tutish so‘raladi.

Izohlar

Hozircha izohlar yo‘q

Izoh qoldirish